Atifete Jahjaga (1975-yil 20-aprelda tugʻilgan) — Kosovoning uchinchi prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan kosovalik alban siyosatchisi. U Kosovo Respublikasining birinchi ayol Prezidenti, birinchi partiyasiz nomzod va yuqori lavozimga saylangan eng yosh ayol davlat rahbari edi. U Kosovo politsiyasi direktorining oʻrinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan. Janubiy-Sharqiy Yevropadagi ayol zobitlar orasida yuqori martabali general-leytenant unvoniga ega hisoblanadi„Kush do të na udhëheq“ Telegrafi.com 7 April 2011 (accessed 7 April 2011).

Erta hayot va taʼlim Jahjaga, kosovolik alban, oʻsha paytda Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasining bir qismi boʻlgan Gjakova shahrida tugʻilgan. Uning otasi Albaniya shimolidagi Berisha shahridan edi. U Gjakovadagi boshlangʻich va oʻrta maktabda oʻqidi va 2000-yilda Pristina universitetining yuridik fakultetini tamomladi. 2006—2007-yilda esa u Buyuk Britaniyaning Lester universitetida politsiya boshqaruvi va jinoyat huquqi boʻyicha magistratura va sertifikat dasturini tamomladi. Shuningdek, u Germaniyadagi George C.Marshall nomidagi Xavfsizlik tadqiqotlari Yevropa markazida va AQSHdagi FQB Milliy akademiyasida keng qamrovli kasbiy tayyorgarlikdan oʻtdi hamda 2007-yilda AQShning Virjiniya universitetida jinoyatchilik boʻyicha aspirantura sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Politsiyalik faoliyati Kosovo urushidan soʻng, Jahjaga Kosovo Politsiya Akademiyasini zobit boʻlish uchun tugatdi va asta-sekin yuqori martabalarga koʻtarildiː dastlab mayor, keyin polkovnik va nihoyat general-mayor. U Kosovoning eng ishonchli huquqni muhofaza qilish institutining qurilishiga oʻz hissasini qoʻshdi.

Jahjaga Kosovo politsiyasi direktori oʻrinbosari lavozimini egalladi va 2010-yilda qisqa muddatga Bosh direktor vazifasida faoliyatini davom ettirdi. Kosovo politsiyasida xizmat qilayotib, u amerikalik zobitlar va diplomatlarning eʼtiborini tortdi. Ular uni maxsus holatlarda AQShning yuqori martabali amaldorlari oldida Kosovo davlat xizmatchilarining yangi avlodi vakili sifatida eʼtirof etishdi. Uning AQSh prezidenti George W.Bush bilan FQB Milliy akademiyasiga tashrifi chogʻida va yana Davlat kotibi Hillari Clinton bilan Kosovoga tashrifi davomida tushgan suratlari prezidentlikka nomzod sifatida mamlakat diqqat markaziga tushishidan oldin internet tarmoqlari orqali tarqatilgan sanoqli suratlar qatoridan joy oldi.

Kosovo Prezidenti thumb|Jahjaga va AQSh vitse-Prezidenti Jo Bayden Prezident Fatmir Sejdiu isteʼfoga chiqishi bilan Kosovoni qamrab olgan siyosiy inqirozdan soʻng Konstitutsiyaviy sudning 2011-yil 6-aprelda Behgjet Pacollining Kosovo Prezidenti etib saylanishiga qarshi qaror chiqdi. Uning davlat xizmatidagi tajribasi va halolligi tufayli, Atifete Kosovo Demokratik partiyasi, Kosovo Demokratik Ligasi va Yangi Kosovo Ittifoqi„Marrëveshja për Kosovën, presidente Atifete Jahjaga“ Telegrafi.com 6 April 2011 (accessed 6 April 2011) hamda AQShning Kosovodagi elchisi Christopher Dell tomonidan qoʻllab-quvvatlangan holda Kosovo prezidenti lavozimiga konsensus nomzodi sifatida eʼlon qilindiRadioKosova, Live Broadcast of Press Conference, 6 April 2011. Garchi u politsiya qoʻmondoni sifatida yuqori obroʻga ega boʻlsa-da, davlatning eng yuqori lavozimiga nomzod sifatida chiqdi, lekin aksariyat jamoat va siyosiy rahbarlar uning bunga moyilligidan bexabar edi.

7-aprel saasida Jahjaga parlament tomonidan ovoz berishning birinchi bosqichida prezident etib saylandi; 100 nafar deputatdan 80 nafari Jahjaga uchun, 10 nafari esa Suzan Novoberdali uchun ovoz berishdi. Bugungi kunga qadar u saylovning birinchi bosqichida saylangan yagona prezident hisoblanadi. Faqat Kosovoning birinchi prezidenti Ibrahim Rugova 2002-yilda parlament tomonidan 88-3 ovoz bilan koʻproq ovoz yigʻishga muyassar boʻldi va ovoz berishning uchinchi bosqichida saylandi.

Tashrif qilingan mamlakatlar Davlat tashriflari roʻyxatiMamlakatYilTashrif qilingan shaharlarTashrif turi12011, 2012Tirana, Durrës, PogradecIsh boʻyicha tashrif22012, 2013, 2014Vna, AlpbachDavlat tashrifi Ish boʻyicha tashrifi32011, 2012, 2013BrusselIsh boʻyicha tashrif42015SofiyaIsh boʻyicha tashrif52011, 2012, 2015Zagreb, DubrovnikRasmiy tashrif Ish boʻyicha tashrifi62011PragaIsh boʻyicha tashrif72015ParijIsh boʻyicha tashrif82011, 2014Berlin,MunikIsh boʻyicha tashrif9 Muqaddas qarorgoh2015VatikanIsh boʻyicha tashrif102014TegucigalpaDavlat tashrifi112011BudapeshtDavlat tashrifi122011, 2015Rim, VenetsiyaRasmiy tashrif132014, 2015Amman, Petra, Oʻlik dengiziRasmiy tashrif Ish boʻyicha tashrifi142011VilniusIsh boʻyicha tashrif152011OhridIsh boʻyicha tashrifi162013Kuala-LumpurIsh boʻyicha tashrif172012, 2015BudvaIsh boʻyicha tashrif182013Hag, AmsterdamIsh boʻyicha tashrif192014Panama shahriDavlat tashrifi202011VarshavaIsh boʻyicha tashrif212014BuxarestIsh boʻyicha tashrif222014DakarIsh boʻyicha tashrif232013BratislavaIsh boʻyicha tashrif242011, 2015Ljubljana, PortorožRasmiy tashrif Ish boʻyicha tashrifi252015Bern, ZürichRasmiy tashrif262012, 2013, 2014IstanbulIsh boʻyicha tashrif272012, 2014, 2015Abu-Dabi, DubaiRasmiy tashrif Ish boʻyicha tashrifi282013, 2014, 2015Londonda, Durham, LesterIsh boʻyicha tashrif29 AQSh2012, 2013, 2014Vashington, Nyu-York,Des MoinesIsh boʻyicha tashrif

Faxr va mukofotlar

Ikki Sitsiliya qirollik oilasi: Ikki Sitsiliya qirollik muqaddas harbiy Konstantin ordeni Avliyo Jorj Benemerenti medali sohibi, 1-darajali Ikki Sitsiliya qirollik oilasi: Frensis I qirollik ordeni ritsarining Buyuk xochi

Panama shahri faxriy fuqarosi

Mukofotlar 2013-yil 27-iyun — Durham universiteti tomonidan Honoris Causa mukofoti

2014-yil 21-sentyabr — Klinton global tashabbusi tomonidan Davlat xizmatiga rahbarlik mukofoti

2015-yil 16-iyul — Lester universiteti tomonidan huquqshunoslik doktori faxriy darajasi

Yana qarang

Ismet Asllani

Manbalar

Havolalar

Jahjaga jamgʻarmasining rasmiy veb-saytiJahjaga jamgʻarmasi Rasmiy veb-sayt

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1975-yilda tugʻilganlar Turkum:Ayol rahbarlar