Niyazi Emre Altuğ Turkiyalik aktyor va qoʻshiqchi 1969-yil 14-aprelda tugʻilgan.
Biografiya Emre Altug Levent, Beşiktaşda otasi stomotolog va onasi uybekasi va u oilada ikkinchi oʻgʻil boʻlib tugʻilgan. Uning oilasinig kelib chiqishi Niğdelik. Istanbul Universiteti Davlat Konservatoriyasining teatr boʻlimini tamomlagan. U bolalar fantazik seriali Sihirli Annem, yoshlar uchun Lise Defteri, Elde Var Hayat Jeffersonning turkcha Tatlı Hayat serialini qayta ishlaydi va Güldür Güldür teatr eskizi (kabi turli rollari) eng yaxshilari edi. U 1998-yil 28-avgustda İbreti Alem deb nomlangan birinchi albomi chiqishidan oldin u Sezen Aksu, Sertab Erener,Levent Yüksel va Nilüfer kabi taniqli sanʼatkorlardek turli spektakllarda sahnaga chiqdi va orqada vokal kuyladi. U 2000-yil Iyul oyida Melih Kibarning Bir de bana sor nomli albomi uchun qoʻshiq kuyladi. Qoʻshiq radiostansiyalarda katta xitga aylanishga erishdi. 2003-yil 3-martda uning ikkinchi albomi Sıcak chiqdi. Ayni paytda u reklama roliklarida, telefilmlarda va Kolay Para kabi badiiy filmlarda suratga tushmoqda. Uning uchinchi albomi Dudak Dudağa 2004 yilda, undan bir yil oʻtib Sensiz Olmuyor chiqdi. Albom nomi bilan atalgan qoʻshiq (Sensiz Olmuyor) nomi ostidagi teleserialning asosiy qoʻshigʻiga aylandi va unda Emre bosh rolni ijro etgan edi. Serial Show TVda namoyish etildiSensiz OLmuyor Cast List at Show TV . 2007-yilning 12-iyunida u yana bir Kişiye Özel nomli albomini chiqardi. Emre Altuğ inglizcha albom chiqarishni rejalashtirayotgan edi, buning uchun u AQShga borib, Mark Feist va Damon Sharpe Damon Sharpe (Anastacia yoki Jennifer Lopez kabi sanʼatkorlar bilan ishlagan, prodyuser va hamkorlar) bilan ishlashni xohlar edi. Xayriya qoʻshigʻining mualliflari, Emrening ovozini ajoyib deb topdi va u bilan toʻrtta qoʻshiq ustida ishlay boshladilarEmre gelecek ay Amerikaʼya açılıyor (Emre is opening towards the USA next month) 22 December 2006. Sabah Newspaper .
U 2008-yilning avgust oyida Turk modeli Çağla Şıkel bilan turmush qurgan va ularning ikki oʻgʻli bor. Juftlik 2015 yilda ajrashgan.
Manbalar
Havolalar Sinematürk Data Sheet Emre Altug interview Hürriyet