Sevda Altunoluk ( — Turkiyalik paralimpiya sportchisi va golbolchi. Ikki karra Paralimpiya chempioni. Anqaraning „Yenimahalle Belediyespor“ klubi va Turkiya terma jamoasida toʻp suradi. Sevda Altunoluk bir necha bor eng yaxshi toʻpurar sovrinini qoʻlga kiritgan. Sevda 2021-yilda BBCning 100 nafar ayol roʻyxatiga kiritilganGoalball player Sevda Altunoluk: 'I am the world’s bestʼ (video), BBC News, 9 Dec 2021.
Hayoti Sevda Altunoluk 1994-yil 1-aprelda tugʻilgan. Asli Tokatlikda tugʻilib oʻsgan. Uning singlisi Sevtap Altunoluk ham golbolchi hisoblanadi.
Sportdagi karyerasi Klubdagi faoliyati Altunoluk golbol oʻynashni 12 yoshida boshlagan. Sevda Anqaraning „Mithat Enc Goren Kalpler“ nomli koʻzi ojizlar sport klubida oʻynagan. Keyin „Yenimahalle Belediyespor“ klubiga koʻchib oʻtagan. Uning hozirgi jamoasini golbol boʻyicha erkaklar jamoasi aʼzosi Ekrem Gundogʻdu boshqaradi. Sevda bir necha bor mamlakat miqyosida eng yaxshi toʻpurar sifatida eʼtirof etilgan.
Xalqaro faoliyati Altunoluk Turkiya ayollar golbol jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda qatnashadi. 2010-yilda Eskishehir turnirida Sevda B divizionida golbol boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining kumush medalini qoʻlga kiritadi. 2012-yil Ascoli Picenoda boʻlib oʻtgan golbol boʻyicha Yevropa chempionatida u oltin medalni qoʻlga kiritdi va 27 gol bilan toʻpurarlar poygasida yetakchilikni saqlab qolib musobaqaning eng yaxshi oʻyinchisi sifatida qayd etildi. 2013-yilda Nastoladagi Pajulahti oʻyinlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan holda eng yaxshi toʻpurar boʻladi. Altinoluk 2013-yilda Malmyoda boʻlib oʻtgan Malmyo Lady Inter Cup musobaqasida 18 ta gol urib, eng yaxshi toʻpurar boʻlgan edi, garchi uning jamoasi atigi toʻrtinchi oʻrinni egallagan boʻlsada. Keyingi yili oʻsha turnirda jamoa bronza medalini qoʻlga kiritdi va Sevda 17 gol bilan toʻpurarlar roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilda u Kaunasda boʻlib oʻtgan turnirda A divizionida golbol boʻyicha Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritadi.
Manbalar
Turkum:1-aprelda tugʻilganlar Turkum:1994-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Turkiya sportchilari