Saud ibn Hamud ibn Ahmad al-Habsiy – Ummon Sultonligi Qishloq xoʻjaligi, baliqchilik va suv xoʻjaligi vaziri. 2020-yilning 18-avgustda ushbu lavozimga tayinlangan.

Taʼlimi Al-Habsiy Malayziyaning Newcastle universiteti PhD darajasiga ega.

Karyerasi Al-Habsiy dastlab Ummon Qishloq xoʻjaligi va baliqchilik vazirligining Baliqchilik tadqiqotlari boshqarmasida faoliyat yuritgan.

2013-yilda Ummon tadqiqot kengashining Atrof-muhit va bioresurslar sektori direktori etib tayinlangan.

2016-yilga kelib, Ummon akvakulturani rivojlantirish kompaniyasida faoliyat yuritgan.

Keyinchalik baliq resurslari boʻyicha kotib oʻrinbosari etib tayinlangan.

2020-yilning 18-avgustidan bugungi kunga qadar Qishloq, baliqchilik va suv xoʻjaligi vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ummonlik shaxslarga oid chala maqolalar