Cesare Casadei (2003-yil 10-yanvar) – Italiyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubi yarim himoyachisi.
Casadei 2022-yilda Chelsea jamoasiga oʻtishidan avval bir necha italyan klublarining yoshlar jamoalari safida faoliyat olib borgan. 2023-yil yanvar oyida Reading klubiga ijaraga berilgan va aynan shu klubda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. Keyingi mavsumni esa Chempionship gʻolibi boʻlgan Leicester City jamoasida boshladi, biroq 2024-yilning yanvarida londonliklar safiga qayta chaqirib olindi.
Italiyaning turli yosh toifadagi terma jamoalarida toʻp surgan Casadei 2023-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi va eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.
Klublardagi karyerasi
Dastlabki yillar Ravenna shahrida tugʻilib va Milano Marittimada ulgʻaygan futbolchi karyerasini Crevia klubida boshlaydi va keyinchalik Cesena safiga borib qoʻshiladi. 2018-yilda klubi bankrotga uchragan Casedei Inter Milanning yoshlar jamoasiga koʻchib oʻtadi va 2019-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi milliy chempionat goʻlibiga aylanadi. Keyinchalik hali oʻn yetti yosh boʻlishiga qaramasdan Cesare Interning U-19 jamoasi tarkibiga jalb qilinadi.
2021-yil oktyabr oyida The Guardian nashri eʼlon qilgan „Yangi avlod“ nomli istiqbolli futbolchilar roʻyxatida Casadei 2003-yilda tugʻilgan futbolchilar orasida eng yuqori oʻrinda qayd etildi Gioacchino Graziuso, Luca (24 December 2021). .
Chelsea
Chelsea U-21 2022-yil 19-avgust kuni Chelsea Inter Milan jamoasi bilan Casadeining transferi borasida kelishuvga erishganini maʼlum qildi. Transfer qiymati 15 million yevro va qoʻshimcha 5 millionlik bonuslarni tashkil qilgan„Chelsea sign Italy youth international Cesare Casadei from Inter Milan“. .
Casadei Chelsea U-21 jamoasi safiga borib qoʻshildi. Futbolchi 31-avgust kuni EFL Trophy doirasidagi Sutton United jamoasiga qarshi bahsda ushbu jamoadagi debyutini oʻtkazdi. Oʻyinida londonliklar magʻlubiyatga uchradi va Casadeiga qizil kartochka ham koʻrsatildi. Toʻrt kundan soʻng esa u Premyer-liga 2 turnirida Everton U-21 jamosiga qarshi debyut qildi va 48 daqiqada gol muallifi boʻlgan holda jamoasi gʻalabasini ham taʼminladi. 22-noyabr kuni EFL Trophyning ikkinchi raundida Peterborough United jamoasiga qarshi bahsda uzoq masofadan gol muallifiga aylanadi va ushbu gol Chelseada oy goli deb topiladi. U Chelsea U-21 tarkibida barcha turnirlar doirasida 13 ta oʻyin oʻtkazib 5 gol muallifiga aylandi.
Reading (ijara) 2023-yil 30-yanvar kuni Casadei mavsum yakuniga qadar Chempionship jamoasi Readingga ijaraga berildi„Casadei joins Reading on loan“. . 4-fevral kuni esa Watford klubiga qarshi bahsda professional futboldagi debyutini oʻtkazgan. Klub safidagi birinchi golini esa 2023-yil 15-mart kuni Blackburn Roversga qarshi bahsda kiritadi.
Leicester City (ijara) 2023-yilning 15-avgust kuni Casadei Chempionshipning Leicester City jamoasiga mavsum yakuniga qadar ijaraga berildi. U toʻrt kundan soʻng Cardiff city jamoasiga qarshi oʻyinda debyutini oʻtkazdi va aynan shu uchrashuvning 92-daqiqasida gʻalaba goli muallfiga aylandi.
Chelsea 2024-yilning 19-yanvarida Chelsea Casadeini Leicester City jamoasidan ijaradan qaytarib oladi. U londonliklar safidagi debyutini 2024-yilning 31-yanvarida boʻlib oʻtgan Liverpool jamoasiga qarshi bahsda Cole Palmerning oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan. Ushbu oʻyinda Pochettino shogirdlari 4-1 hisobida magʻlubiyatga uchrashgan.
Terma jamoadagi faoliyati Casadei Italiyaning 16 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan barcha yosh toifasidagi terma jamoalarida toʻp tepgan.
2022-yil iyun oyida Slovakiyada boʻlib oʻtgan UEFA U-19 Yevropa chempionatida ishtirok etgan holda turnirning yarim finaligacha yetib boradi. Ushbu bosqichda italyanlar Angliyaga qarshi maydonga tushishdi va magʻlubiyatga uchragan holda turnirni tark etishgan.
2022-yil 19-noyabr kuni u Germaniyaga qarshi uchrashuvda Italiya U-21 jamoasi safidagi debyutini oʻtkazgan.
2022-yil dekabr oyida Casadei Roberto Mancini boshqaruvidagi Italiya terma jamoasining mashgʻulotlariga jalb qilindi.
2023-yil may oyida u Argentinada oʻtkazilgan FIFA U-20 Jahon chempionatida terma jamoasi bilan ishtirok etadi va Italiya finalgacha yetib borishida katta yordam beradi. Ushbu turnirda 7 ta gol muallifi boʻlgan futbolchi bir vaqtining oʻzida turnirning eng yaxshi futbolchisi va toʻpurari deb topilgan.
Shaxsiy hayoti Cesarening ukasi Ettore ham futbolchi boʻlib, 2023-yildan boshlab u Florida texnologiyasi institutining futbol jamoasida oʻynab kelmoqda„#CESENASTORIES, 18^ puntata. Ettore Casadei, gol&piadina“ [#CESENASTORIES, 18th episode. Ettore Casadei, goals & piadina]. .
Statistika
Klub
+Klub safidagi liga oʻyinlari va barcha turnirlardagi statistikasiKlubMavsumLigaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarChelsea U-212022–23 -41Umumiy- Oʻz navbatida .41Chelsea2022–23Premyer Liga00002023–24Premyer Liga110110Umumiy110110Reading (qarz)2022–23Chempionship151151Leicester City (ijara)2023–24Chempionship222253Umumiy483555
Sovrinlar Leicester City
EFL Chempionship: 2023-24
Italiya U-20
FIFA U-20 Jahon chempionati finalchi: 2023„Returning Rodriguez snatches Uruguay maiden title“. Di Chiaro, Michael (11 June 2023).
Manbalar
Havolalar
Chelsea FC veb-saytidagi futbolchi Profili
Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Leicester City F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar