Bobur Bobomurod (1968-yil 27-fevral, Buxoro shahrida tugʻilgan) – Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, shoir.

1995 – 2008-yillarda shoirning „Koʻzgudagi odam“, „Yolgʻiz qolgan ayol“, „Muhabbat yolgʻonlari“, „Elim boʻldi davlatli“, „Buxorodan kuyov qiling“, „Esiz odam“, „Chimyon taronalari“, „Sukutdagi goʻzal“, „Umr bahori“, „Bir kun kelib“, „Yuragim“, „Xudo bergan oʻzbekka“ nomli sheʼriy toʻplamlari chop etilgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi (1998). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. „Doʻstlik“ ordeni sohibi.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti madaniyat xodimi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:27-fevralda tugʻilganlar Turkum:Buxoroda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik shoirlar