2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ayollar oʻrtasida 10 kmga marafon suzish musobaqasi 2024-yilning 8-avgust sanasida Sena daryosida boʻlib oʻtgan. Bu musobaqalar 2008-yildan buyon oʻtkazib kelinmoqda.
Saralash
Erkaklar va ayollar oʻrtasida 10 km masofaga marafon suzish bahslarida 22 nafar suzuvchi ishtirok etgan, bu Tokio-2020 roʻyxatidagidan 3 taga kamroqdir. Ular quyidagicha saralangan:
3: Yaponiyaning Fukuoka shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilda suv sporti boʻyicha jahon chempionatida 10 km masofaga suzish boʻyicha uchta medal sohibi 13: Qatarning Doha shahrida boʻlib oʻtgan suv sporti boʻyicha 2024-yilgi jahon chempionatida saralash uchun kurashayotgan eng yaxshi oʻn uchta suzuvchi 5: har bir FINA qitʼasidan (Afrika, Amerika, Osiyo, Yevropa va Okeaniya) bittadan vakil. 1: mezbon davlatdan (Fransiya), agar boshqa yoʼnalishlar boʻyicha ishtirok etmayotgan boʻlsa. Agar bir nechta fransuz suzuvchilari toʻgʻridan-toʻgʻri saralashdan oʻtsa, ularning oʻrinlari 2024-yilgi Jahon suv sporti chempionatida eng yuqori reytingni qoʻlga kiritgan suzuvchilar oʻrtasida qayta taqsimlanadi.
Musobaqa formati Hovuzdagi barcha suzish musobaqalaridan farqli oʻlaroq, erkaklar va ayollar oʻrtasida 10 kmga marafon suzish bahslari ochiq suv inshootida oʻtkaziladi. Dastlabki saralash oʻyinlar oʻtkazilmaydi, faqat bitta mass-start musobaqasi boʻladi. Marafon erkin uslubda suzish boʻyicha oʻtkaziladi, alohida qoidalar mavjud emas. Jadval Barcha vaqtlar Markaziy Yevropa vaqti (UTC+1) bilan berilgan SanaVaqtBahslar8-avgust 20247:30Final Natijalar OʻrniSuzuvchiMillatVaqtIzohlar Sharon van Rouwendaal 2:03:34.2 Moesha Johnson 2:03:39.7 Ginevra Taddeucci 2:03:42.8 4 Ana Marcela Cunha 2:04:15.7 5 Bettina Fabian 2:04:16.96 Giulia Gabbrielleschi 2:04:17.97 Océane Cassignol 2:06:06.98 Caroline Laure Jouisse 2:06:11.0 9 Leonie Beck 2:06:13.4 10 Ángela Martínez 2:06:15.3 11 Viviane Jungblut 2:06:15.812 Angelica Andre 2:06:17.013 Airi Ebina 2:06:17.7 14 Chelsea Gubecka 2:06:17.8 15 Katie Grimes 2:06:29.616 Mariah Denigan 2:06:42.917 María de Valdés 2:07:02.418 Lisa Pou 2:07:05.419 Martha Sandoval 2:07:24.920 Leah Phoebe Crisp 2:07:46.721 María Bramont-Arias 2:12:44.722 Leonie Märtens 2:15:57.323 Emma Finlin 2:22:06.524 Xin Xin 2:27:02.9
Manbalar
Turkum:2024-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlarida suzish Turkum:Ayollar oʻrtasida marafon 10 km