Alexandre Armand Lacazette (; 28-may 1991-yil, Lion, Fransiya) – fransuz futbolchisi, hujumchi va „Olimpik Lion“ klubi sardori. Fransiya milliy futbol terma jamoasida oʻynagan.
Karyerasi
Lion Alexandre Lacazette 7 yoshidan boshlab „Lion“ yoshlar jamoasi tizimida oʻynagan. U asosiy jamoadagi debyutini 2010-yilning 5-may kuni Oser bilan oʻyinda oʻtkazgan.
2010-yil 30-oktabrda u „Lion“ safidagi ilk golini (chempionatning 11-turi oʻyinida) „Sosho“ ga qarshi oʻyinda kiritgan. Lacazette Chempionlar ligasidagi debyutini 2010-yilning 2-noyabrida „Benfika“ ga qarshi safar oʻyinida oʻtkazgan. 71-daqiqada 4:0 hisobida mezbonlar foydasiga zaxiradan maydonga tushgan forvard 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Oradan koʻp oʻtmay, 5-noyabr kuni Londonning "Tottenham Hotspur FC" klubi qiziqishlari haqida maʼlumot paydo boʻlgan. 2010-yil 7-dekabr kuni Chempionlar ligasi doirasidagi navbatdagi oʻyinida Lacazette Tel-Avivning „Hapoel“ klubi darvozasiga gol urib, oʻyinning yakuniy hisobini oʻrnatgan (2:2).
2016-yilning 14-avgustida u faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etgan, bu „Nensi“ ga qarshi oʻyinda sodir boʻlgan.
2014-2015-yilgi mavsum boshlanishidan oldin u „Lion“ bilan shartnomasini 4-yilga uzaytirgan. Bu mavsumda u ajoyib formaga ega boʻlgan. Aleksandr 33 ta oʻyin oʻtkazib, 27 ta gol urgan. Mavsum oxirida u eng yaxshi toʻpurarga aylangan, shuningdek, Liga 1 ning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
Arsenal F. C. 2017-yilning 5-iyulida "Arsenal F.C." „Lion“dan hujumchi Alexandre Lacazettening transferini eʼlon qilgan. 26 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 53 million yevro + potentsial bonuslar sifatida 7 million yevro boʻlib, bu „Arsenal“ tarixidagi eng qimmat transfer boʻlgansovsport.ru.
2017-yilning 11-avgustida "Leicester City F.C." ga qarshi oʻyinda Lacazette „Arsenal“ uchun birinchi golini urgan.
Alexandre LacazettePremier League (2021–22) yilgi mavsum yakunida shartnoma muddati tugagani sababli jamoani tark etgandi. Bu haqda „kanonirlar“ matbuot xizmati rasmiy saytida xabar berib, bosh murabbiy Mikel Arteta soʻzlaridan iqtibos keltirgan.
Lionga qaytishi 2022-yilning 9-iyunida Lacazette uy jamoasi bilan 2025-yilning iyuni oxirigacha shartnoma imzolagan. Shuningdek, u klub sardori etib tayinlandi. 5-iyul kuni Lacazette birinchi golini Ajaccio darvozasiga penaltidan kiritgan.
Milliy terma jamoadagi faoliyati Fransiyaning turli yoshdagi yoshlar terma jamoalarida oʻynagan. Fransiya terma jamoasi aʼzosi sifatida (19 yoshgacha) yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etgan, u yerda u oʻynagan 5 oʻyinda 3 ta gol urgan, Ispaniya terma jamoasiga qarshi final oʻyinida hal qiluvchi gol u tomonidan kiritilgan.
Yutuqlari
Jamoa
"Lion"
Fransiya kubogi gʻolibi: 2012-yil Fransiya Superkubogi gʻolibi : 2012-yil
"Arsenal"
Angliya Superkubogi sohibi: 2017, 2020 Angliya kubogi gʻolibi: 2019-2020
Fransiya terma jamoasi
Yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempioni (19 yoshgacha): 2010-yil Yozgi Olimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori: Yozgi Olimpiada oʻyinlarida futbol – erkaklar turniri 2024
Shaxsiy
FIFA U-20 Jahon chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2011-yil Liga 1ning eng yaxshi futbolchisi: 2015-yil Fransiya chempionatining eng yaxshi toʻpurari: 2015-yil Angliya Premer-ligasi oyining eng yaxshi goli muallifi: 2021-yil dekabr Yilning UEFA Yevropa Ligasi jamoasi aʼzosi: 2016-2017
Manbalar
Havolalar
Lion rasmiy veb-saytidagi profil -saytida
LFP veb-saytidagi profil
Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbolchilar Turkum:Futbol boʻyicha U-19 Yevropa chempionlari Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Lionda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Olimpiada qatnashchilari Turkum:Olympique Lyonnais futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar