John Joseph Hopfield (1933-yil 15-iyulda tugʻilgan) – amerikalik fizik va Prinston universitetining faxriy professori. Hopfield 1982-yilda assotsiativ neyron tarmoqlarini oʻrganishi bilan tanilgan. 2024-yilda Hopfield, Geoffrey Hinton bilan birgalikda, sunʼiy intellekt tarmoqlari boʻyicha amalga oshirgan ishlari uchun Fizika boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanishgan. Hopfield statistik fizikada va biofizikadagi ishlari uchun fizika sohasidagi bir qator nufuzli mukofotlar bilan taqdirlangan.

Biografiyasi Bolaligi va taʼlimi John Joseph Hopfield 1933-yilda Chikagoda fiziklar John Joseph Hopfield (asl ismi Yan Jozef Chmielewski) va Helen Hopfield (qizlik familiyasi Staff) oilasida dunyoga kelgan. Hopfield 1954-yilda Pensilvaniyadagi Swarthmore kollejida bakalavr darajasini, 1958-yilda esa Cornell universitetida fizika boʻyicha falsafa doktori (PhD) darajasini olgan. Doktorlik dissertatsiyasining mavzusi „A quantum-mechanical theory of the contribution of excitons to the complex dielectric constant of crystals“ deb nomlangan. Hopfieldning doktorlik dissertatsiyasiga Albert Overhauser ilmiy rahbarlik qilgan.

Faoliyati Hopfield Bell laboratoriyasining nazariya guruhida ikki yil davomida David Gilbert Thomas bilan yarimo‘tkazgichlarning optik xususiyatlari ustida tadqiqot olib borgan.

Talabalari Uning talabalari orasida Bertrand Halperin (1965-yilda PhD olgan), Steven Girvin (1977), Terry Sejnowski (1978), Erik Winfree (1998), José Onuchic (1987) va David J. C. MacKay (1992) kabi olimlar bor.

Manbalar

Turkum:Amerika biofiziklari Turkum:20-asr Amerika fiziklari Turkum:21-asr Amerika biologlari Turkum:Fizika boʻyicha Nobel mukofoti sovrindorlari