Gifted — 2017-yilda ishlab chiqarilgan AQSh drama filmi. Filmga Marc Webb rejissyorlik qilgan boʻlib, film ssenariysi Tom Flynn tomonidan yaratilgan. Filmdda bosh rollarni Chris Evans, Mckenna Grace, Lindsay Duncan, Jenny Slate hamda Octavia Spencer ijro etishgan.

Film voqelari intellektual jihatdan juda isteʼdodli yetti yoshli qizning uning togʻasi hamda buvisi oʻrtasidagi vasiylik uchun kurash mavzusiga bagʻishlangan.

Film 2017-yil 7-aprelda Fox Searchlight Pictures tomonidan namoyish etilgan hamda dunyo boʻylab 43 million dollar daromad qilgan. 23-Critics' Choice Awardsda Grace Eng yaxshi yosh aktyor/aktrisa nominatsiyasiga davogarlik qilgan. Film tanqidchilar tomonidan turli xil fikrlarni olgan. Tanqidchilar Evans hamda Gracening ijrosini yuqori baholashgan, ammo film voqealarini oldindan tahmin qilish mumkinligini taʼkidlashgan.

Ishlab chiqarilishi 2014-yilning dekabr oyida Tom Flynnning ssenariysi oʻsha yilgi „Black listga“ kirgan 70 ta ssenariydan biri boʻlgan. 2015-yilning avgust oyida Chris Evans filmda bosh rolni ijro etishi, rejissyorlikka esa Mark Webb chaqirilgani eʼlon qilingan. 2015-yil sentabr oyida Mckenna Grace, Octavia Spencer, Linsday Duncan va Jenny Slate aktyorlar tarkibiga qoʻshilishgan. 2015-yil noyabr oyida esa July Ann Emery ham filmda ishtirok etishi maʼlum boʻlgan.

Suratga olish ishlari 2015-yilning oktyabr oyida Georgia shtatining Savannah shahrida hamda Tybee orolida boshlanib, 2015-yilning noyabrida yakunlangan. Maxsus joylar sifatida Georgianing Wilmington orolidagi May Howard boshlangʻich maktabi hamda Atlantaning Emory universiteti tanlangan.

Matematik Jordan Ellenberg film uchun matematika boʻyicha maslahatchi sifatida ishtirok etgan. Webb uning The Wall Street Journal gazetasida chop etilgan maqolasini oʻqib chiqqach, unga murojaat qilib, oʻz tajribalarini baham koʻrishni soʻragan. Ellenberg, shuningdek, filmda boʻlinish funksiyasi va Ramanujan kongruensiyalari haqida maʼruza qilayotgan professor rolida epizodik chiqish ham qilgan.

Namoyish etilishi Film dastlab 2017-yil 12-aprelda premyera qilinishi rejalashtirilgan. Keyinroq premyera sanasi 2017-yil 7-aprelga koʻchirilgan.

Qabul qilinishi

Daromadi Film AQSh hamda Kanadada jami 24.8 million dollar daromad qilgan. Dunyo boʻylab esa 18.3 million dollar daromad keltirib, jami 43.1 million dollar daromad qilgan. Film byudjeti 7 million dollarni tashkil qilgan. Film oʻzining ilk premyera haftasida jami 56 ta kinoteatrlarda premyera qilinib, AQSh hamda Kanadadagi daromadi boʻyicha 16-oʻrinda boʻlgan. Keyinchalik koʻproq kinoteatrlarda ham seanslar qoʻyilib, mamlakat boʻylab keyingi 4 haftada daromadi boʻyicha top 10 talikda boʻlgan.

Tanqidiy qabul Rotten Tomatoes web saytiga koʻra film 181 nafar tanqidchidan 73 foiz ovoz toʻplab oʻrtacha reytingda 10 dan 6.4 ballni qoʻlga kiritgan. Web sayt film haqida „garchi film jajji bosh qahramoni kabi yorqin boʻlmasa-da, aktyorlar tarkibi odatiy voqealar asosidagi dramaning yetarlicha qiziqarli chiqishini taʼminlagan“ deya izoh bergan. Metacritic sayti esa 33 nafar tanqidchi fikrlariga koʻra filmga 100 balldan 60 ball berib filmni oʻrta darajadagi film sifatida koʻrsatgan.

Yutuqlari Mukofot Tadbir sanasi Turkum Qabul qiluvchilar Natija Manbalar Teen Choice Awards2017-yil 13-avgust Choice Movie: Drama Gifted Choice Movie Actor: Drama Chris Evans Deauville American Film Festival 2017-yil 1-sentyabr Public’s choice award Gifted Phoenix Film Critics Society Awards 2017-yil 17-dekabr Breakthrough Performance Mckenna Grace Best Performance by a Youth The Overlooked Film of the Year Gifted Women Film Critics Circle Awards 2017-yil 17-dekabr Best Young Actress Mckenna Grace Critics' Choice Movie Awards 2018-yil 11-yanvar Best Young Actor/Actress NAACP Image Awards 2018-yil 15-yanvar Outstanding Actress in a Motion Picture Octavia Spencer

Manbalar

Turkum:Dramatik filmlar Turkum:Marc Webb filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar