Delfim José Fernandes Rola Teixeira (1977-yil 5-fevral, Amarante, Portugaliya) – portugaliyalik sobiq futbolchi, Sporting CP klubi va Portugaliya milliy terma jamoasining yarim himoyachisi.

Jarohatlar tufayli qiyinchiliklarga duch kelgan va faoliyati davomida Primeira Liganing besh klubi safida jami 133 ta oʻyin oʻtkazgan, toʻqqizta gol urgan. Kuchli zarba egasi boʻlgan Delfim, Fransiya va Shveysariyada ham professional darajada oʻynaganA vida de Delfim dava um filme… com final feliz (Life of Delfim would make a movie… with a happy end) ; Rádio Renascença, 9 July 2015 (in Portuguese).

Klubdagi faoliyati Delfim Amarante shahrining Porto tumanida tugʻilgan. Delfim 19 yoshida „Boavista“ klubi safida Primeira ligada debyut oʻnini oʻtkazganidan soʻng, Sporting CP klubiga oʻtgan. Bu klubda Delfim Aldo Duscher bilan birgalikda markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan va 18 yillik tanaffusdan keyin 1999—2000-yilgi mavsumda Sporting CP klubiga liga gʻolibligini qoʻlga kiritishda yordam berganDelfim: a glória em Alvalade e a lesão que quase lhe matou o sonho (Delfim: the glory at Alvalade and the injury that nearly killed his dream); Mais Futebol, 12 March 2014 (in Portuguese)Delfim: „Contra todas as perspetivas e dados estatísticos, depois de três anos parado, voltei a jogar. Com quatro parafusos nas costas“ (Delfim: „Against all odds and statistical data, after three years out, I played again. With four screws in my back“); Expresso, 11 February 2018 (in Portuguese).

2001-yilda Delfim Fransiyaning „Olympique de Marseille“ klubiga oʻtgan, biroq klubda ogʻir jarohatlarni boshdan kechirgan, Ligue 1da juda kam maydonga tushgan va deyarli futbolni tark etganLa deuxième vie de Delfim (Delfim’s second life); Maxi Foot, 23 November 2005 (in French)Delfim en accéléré (Delfim gains speed); Eurosport, 15 December 2005 (in French). Delfim 2002-yil yanvarda oʻzining sobiq Sporting CP klubidagi jamoadoshi Dimas Manuel bilan qayta uchrashgan va „BSC Young Boys“ klubida oʻynay boshlagan va oxir-oqibat Portugaliyaga qaytib kelganEin Portugiese für YB (A Portuguese for YB); Fussball.ch, 9 June 2006 (in German)França: Marselha de Dimas e Delfim volta a perder (Dimas and Delfim’s Marseille lose again); Mais Futebol, 24 February 2002 (in Portuguese).

Delfim 2007—2008 yilgi mavsumda oʻz faoliyatini qayta tiklashga erishgan va „Associação Naval 1º de Maio“ klubining asosiy divizionda oʻz oʻrnini saqlab qolishida asosiy rolni oʻynagan. 2008-yil 27-aprelda Delfim oʻzining sobiq klubi Boavistaga qarshi oʻyinda uzoq masofadan gol urganNaval-Boavista, 1–0 (crónica) (Naval-Boavista, 1–0 (report)); Mais Futebol, 27 April 2008 (in Portuguese). Delfim keyingi mavsumda „Trofense“ klubi safiga qoʻshilgan, klubi quyi ligaga tushib ketganidan keyin 32 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganDelfim reforça o meio-campo (Delfim bolsters midfield) ; Record, 26 June 2008 (in Portuguese)Trofense: Delfim foi operado ao joelho (Trofense: Delfim underwent knee surgery); Mais Futebol, 25 March 2009 (in Portuguese).

Milliy terma jamoadagi faoliyati Delfim Portugaliya milliy terma jamoasi safida yagona toʻliq oʻyinini 2000-yil 15-noyabrda Braga shahrida Isroilga (2:1) qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan.

Yutuqlari Boavista

Supertaça Cândido de Oliveira: 1997-yil

Sporting CP

Primeira Liga: 1999—2000-yillar

Marseille

UEFA Intertoto kubogi: 2005-yil

Manbalar

Turkum:Fransiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Olympique de Marseille klubi futbolchilari Turkum:Liga 1 futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1977-yilda tugʻilganlar Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar