Zohirjon Akramxonov (1994-yil 2-may, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi.
Biografiyasi 1994-yil 2-may kuni Andijon viloyatida tugʻilgan.
2015-yilda Oʻzbekiston milliy universitetini va 2022-yilda UEFA akademiyasini tugatganUEFA STEP Educational workshop has started in Astana.
2015-yildan 2017-yilgacha „Lokomotiv Toshkent“ futbol klubi matbuot xizmatida ishlagan.
2017-yildan 2024-yilgacha Oʻzbekiston Professional futbol ligasida matbuot boʻlimi boshligʻi, keyinchalik klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, bir vaqtning oʻzida musobaqalar oʻtkazish boʻyicha komissari boʻlgan.
2023-yilda Varshavada oʻtgan Jahon Professional futbol ligalari assotsiatsiyasining (World Leagues Forum) yillik umumiy yigʻilishida Oʻzbekiston va uning futboli haqida taqdimot oʻtkazgan.
2022-yildan 2024-yilgacha Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi komissari boʻlgan, 2020-yildan buyon Osiyo Futbol Konfederatsiyasi komissari hisoblanadi.
2024-yil 1-dekabrdan buyon Osiyo Futbol Konfederatsiyasi professional futbol departamentida faoliyat yuritmoqda. OFKning turli yoshdagi terma jamoalar va klublar musobaqalarida muntazam ish olib borishdan tashqari, 2025-yilda Monterreyda oʻtkazilgan CONCACAF ayollar Chempionlar Kubogi finalida, 2026-yilda Budapeshtda oʻtgan UEFA Chempionlar Ligasi finalida ishlaydigan rasmiylar guruhiga ham kiritilgan. Yaponiya J-Ligasi akademiyasining 2026-yilgi SHC Sports Business Global Course dasturida „Osiyoda Professional futbol ligalari“ mavzusida maʼruza oʻqigan.
Kuala Lumpurda oʻtkazilgan Osiyo Futbol Konfederatsiyasining 2026-yilgi Professional futbol seminarida „Kvotalar taqsimoti va OFK klublar musobaqalarida qatnashish uchun assotsiatsiyalar, ligalar va klublar uchun qoʻyiladigan talablar“ mavzusida taqdimot qilgan.
Manbalar
Havolalar Zohirjon Akramxonov Turkum:Sport jurnalistlari