Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti bilan adashtirib yuborilmasin.

Beruniy nomidagi UNESCO–Oʻzbekiston xalqaro mukofoti – sunʼiy idrok sohasida odob-axloq va inklyuzivlikni rivojlantirish, xalqaro ilmiy hamkorlikka xizmat qiluvchi loyiha mualliflariga taqdim etiluvchi UNESCO-Oʻzbekiston xalqaro mukofoti. Mukofot har 2 yilda nomzodlarga xalqaro hakamlar haʼyatini qaroriga muvofiq taqdim etiladi. Mukofot oʻrta asrlardagi qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy sharafiga nomlangan. Tarixi 2023-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNESKO – Oʻzbekiston xalqaro mukofotini taʼsis etishni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“gi PQ-286-sonli qarori qabul qilingan.

2024-yilning 22-oktyabrida Fransiyaning Parij shahrida oʻtkazilgan UNESCO Ijroiya kengashining 220-sessiyasida Beruniy nomidagi xalqaro mukofotni taʼsis etish toʻgʻrisida taklif qoʻllab-quvvatlangan. Bu haqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva shunday fikr bildirgan:

Topshirilishi Mukofot har 2 yilda bir marotaba topshiriladi. Ilk taqdirlash 2025-yilning noyabr oyida Samarqand shahrida UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Har bir taqdirlash marosimida 3 nafar shaxsga berilishi rejalashtirilgan. Har bir mukofot sohibiga 30,000 AQSH dollari miqdorida ragʻbatlantiriladi. Umumiy sovrin jamgʻarmasi 90,000 AQSH dollarni tashkil qiladi. Yana qarang Abu Rayhon Beruniy Manbalar

Turkum:Xalqaro mukofotlar