Atay Turarovich Jumashev (; 1998-yil 15-sentyabrda, Bishkekda tugʻilgan) – qirgʻizistonlik futbolchi, „Abdish-Ata“ klubi va Qirgʻiziston terma jamoasi yarim himoyachisi.

Klub faoliyati Atay oʻz faoliyatini 2017-yilda „Abdish-Ata“ klubida boshlagan. 2018-yilgi mavsumda Qoʻchqorota shahrining „Neftchi“ jamoasida ijara asosida oʻynagan.

2019-yil mart oyida Belarusning oliy divizioniga qaytgan „Energetik-BGU“ klubi bilan shartnoma imzolagan. Belarus chempionatidagi debyutini 2019-yil 31-martda „Slutsk“ jamoasiga qarshi oʻyinda (0:0) oʻtkazgan. „Energetiklar“ safida bir yil oʻynagach, Jumashev vataniga qaytib, „Kaganat“ klubi tarkibiga qoʻshilgan.

2021-yilgi mavsum boshlanishi oldidan Atay Jumashev „Abdish-Ata“ jamoasiga oʻtgan. Jamoa bilan birga 2021-yilgi Ala-Too kubogini qoʻlga kiritgan va turnirning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan. 2021-yil yakuniga koʻra, Jumashev Qirgʻiziston chempionatining kumush medali sovrindori boʻlgan va turnirning eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida uchinchi oʻrinni egallagan. U 2022-yilgi Qirgʻiziston kubogi finalida Qoʻchqorotaning „Neftchi“ jamoasiga qarshi oʻyinda yagona golni urib, oʻsha uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan.

Milliy terma jamoadagi faoliyati Qirgʻizistonning 16 va 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoalarida toʻp surgan. 2013-yilgi Sarsenbek Keljanov xotirasiga bagʻishlangan musobaqada, 2014-yilgi Qozogʻiston prezidenti kubogi hamda 2014-yilgi Kaspiy kubogida ishtirok etgan. 2018-yilda Indoneziyada oʻtkazilgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida Qirgʻizistonning 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi safida ikkita oʻyinda maydonga tushgan.

2018-yilda Qirgʻiziston milliy terma jamoasiga chaqiruv olgan. Biroq, uning tarkibidagi debyuti 2021-yil 2-sentyabrda Falastin bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvida (1:0) roʻy bergan.

Yutuqlar

Qirgʻiziston chempionatining kumush medali sovrindori (2): 2017, 2021 Qirgʻiziston kubogi sohibi: 2022

Manbalar

Havolalar

Atay Jumashev Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Qirgʻizistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:FC Abdysh-Ata Kant futbolchilari Turkum:Neftchi Qoʻchqor-ota futbolchilari Turkum:FC Energetik-BGU Minsk klubi futbolchilari Turkum:FC Kaganat klubi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qirgʻiziston milliy terma jamoasi futbolchilari