Samarqand jangi – Umaviylar xalifaligi hamda Samarqanddagi Soʻgʻd hukmdori oʻrtasida kechgan harbiy toʻqnashuv. Jangda Umaviylar gʻalaba qozongan va Samarqand toʻliq egallab olingan.
Tarixi Umaviylar 709-yilda Buxoroni bosib olganidan keyin sarkarda Qutayba ibn Muslim ukasi Abdurahmonni Samarqand tomon yubordi. Samarqandning soʻgʻdiy hukmdori Tarxun ular bilan ilgari kelishilgan tarzda xiroj toʻlashga rozi boʻldi. Umaviylar Samarqandni bosib olmasligi evaziga Tarxun ular bilan tinchlik sulhini tuzdiGibb, H. A. R, p. 41Hugh Kennedy, p. 263. Biroq Samarqand savdogarlari va zodagonlari Tarxunning zaifligi hamda uning Umaviylarga xiroj toʻlashidan norozi edilar va shu sababli unga qarshi fitna uyushtirib, Gʻurak ismli kishini yangi hukmdor sifatida tanladilar. Natijada, Tarxun taxtdan agʻdarildi va keyinchalik oʻz joniga qasd qildiGibb, H. A. R, p. 42Hugh Kennedy, p. 267. Tarxunning oʻlimi Umaviylarni qasos olishga undadi. Biroq ular bundan avval, yaʼni 711-yilda Siston hukmdori Zunbil, 712-yilda esa uning ukasi Azkajvar II tomonidan koʻtarilgan isyonni bostirishlari lozim ediGibb, H. A. R, p. 42-43Hugh Kennedy, p. 267-268.
Jang Oradan biroz vaqt oʻtgach, Umaviylar 712-yilda Samarqand tomon yurish boshladi. Oʻsha davrda Samarqand Soʻgʻddagi eng yirik va qudratli shahar boʻlib, amalda butun mintaqaning poytaxti sanalardiHugh Kennedy, p. 268. Qutayba ibn Muslim ukasi Abdurahmon bilan birgalikda 20 000 kishilik qoʻshin bilan yoʻlga chiqdi. Bu qoʻshin, asosan, Buxoro va Xorazmdan yollangan askarlardan iborat edi. Samarqand hukmdori Gʻurak dushmanga qattiq qarshilik koʻrsatishga qaror qildi. Movorounnahrdagi boshqa hukmdorlariga, shu jumladan, Toshkent hukmdori va Fargʻona ixshidiga murojaat qilib, ulardan yordam soʻradi. Hukmdorlar Gʻurakka yordam bermagan taqdirda, butun mintaqa Umaviylar bosqiniga duch kelishi borasida ularni ogohlantirdi. Gʻurakning chaqiruviga javoban ikki hukmdor ham katta qoʻshin bilan Samarqandga yordamga yetib keldiHugh Kennedy, p. 269Gibb, H. A. R, p. 44Percy Sykes, p. 163.
Toshkent va Fargʻona qoʻshini tunda musulmonlarga toʻsatdan hujum qilishga urindi. Biroq Qutayba ularning rejasidan xabar topdi va ukasi Solih boshchiligidagi kichik bir qoʻshinni ularga tunda hujum uyushtirish uchun yubordi. Tungi jang nihoyatda shiddatli tarzda oʻtdi. Movorounnahr ittifoqchilari yaxshi jang qildilar, ammo yakunda magʻlubiyatga uchradilar. Koʻplab askarlar halok boʻldi, bir qismi esa asirga olindi. Musulmonlar katta miqdorda qurol-yarogʻ va otlarni qoʻlga kiritdilar. Qutayba ushbu jangda gʻalaba qozongan kichik qoʻshinga oʻlja sifatida raqibdan undirilgan boyliklarni butun qoʻshin bilan boʻlishmasdan oʻzlarida olib qolishlariga ruxsat berdiHugh Kennedy, p. 269Gibb, H. A. R, p. 44Percy Sykes, p. 163.
Movorounnahr qoʻshinining magʻlubiyati Samarqand soʻgʻdiylarini ruhan tushkunlikka tushirib qoʻydi. Qutayba shaharga uzluksiz hujum qilib, uni doimiy tahlikada ushlab turardi. Natijada, shahar devorlari darz ketdi. Musulmonlar hal qiluvchi hujumga tayyorlanayotgan paytda samarqandliklar ulardan tinchlik oʻrnatilishini soʻrab murojaat qilishdiHugh Kennedy, p. 269-270Gibb, H. A. R, p. 44Percy Sykes, p. 163.
Oqibati Qutayba Samarqandga ukasi Abdurahmon boshchiligida 4 000 kishilik qqoʻshinni joylashtirdi. Gʻurak Soʻgʻd hukmdori boʻlib qolgan boʻlsa-da, uning yangi poytaxti Ishtixon shahri etib belgilandi. Samarqand esa musulmonlar istiqomat qiladigan strategik markazga aylantirildiHugh Kennedy, p. 270Percy Sykes, p. 163. Qutayba shahardagi olov (otash) ibodatxonalarini olib tashlashni buyurdi va ularning oʻrniga masjid qurdirildi. U, shuningdek, Samarqanddagi butlarni ham yoʻq qilishni amr etdi. Musulmon boʻlmaganlarga shaharga kirishga ruxsat berilgan boʻlsa-da, ular maxsus loydan yasalgan muhr (belgi)ni qoʻllarida olib yurishlari shart ediHugh Kennedy, p. 270.
Manbalar
Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar