Kseniya Milicevic (1942-yil 15-sentyabrda tugʻilgan) – fransuz rassomi, meʼmor va shaharsoz.

Hayoti Kseniya Milicevic 1942-yil 15-sentyabrdaDiart, Revista de las artes visuales, P.24, by Manuel Ruiz, N°26, julio 1982, Madrid. Bosniya va Gersegovinaning Drinici shahrida dunyoga kelgan. Onasi Nyu-Yorkning Lackawanna shahrida, otasi esa Chernogoriyada tugʻilgan. Ularning ikkalasi ham Ikkinchi Jahon urushi paytida partizanlar harakatida qatnashganSuvremeni pisci Jugoslavije, Budimir Milicevic, p.226, izdavacka kuca Stvarnost, Zagreb 1966.. 1943-yil yanvar oyidan aprel oyiga qadar boʻlgan Toʻrtinchi antipartizan harakati, may oyidan iyungacha boʻlgan Beshinchi antipartizan harakatlaridan soʻng Montenegroning janubi-sharqiy qismidagi hamda shimoliy Chernogoriyadagi harakatlar davomida Milicevic buvisi va bobosining qoʻliga boʻlgan. Urushdan keyin, uning ota-onasi diplomatik xizmatga qoʻshilgan va Milicevic ota-onasi bilan Sofiya va Pragada istiqomat qilgan.

Kseniya Milicevic eski monastirlardagi arxitektura, mozaikalar, freskalar va rasmlarni oʻrgangan. Uning otasi ham rassom boʻlib, qiziga moyli boʻyoqlar sovgʻa qilgan, natijada Milicevic oʻn besh yoshida birinchi marta moyli boʻyoqda rasm ishlagan. Dastlab Belgrad shahridagi V° oʻrta maktabida tahsil olgan, bir yil davomida muhandislik universitetida taʼlim olganidan soʻng, 1962-yilda Jazoirga koʻchib oʻtgan. U yerda Shaharshunoslik va arxitektura maktabida arxitektura boʻyicha saboq olgan. 1968-yilda ikkala oʻquv yurtini ham tamomlagan. Bir yil davomida braziliyalik arxitektor Oscar Niemeyer bilan ECOTECda ishlagan. Italiya Uygʻonish davriga qiziqib, 1965-yilda katta ustalarning asarlarini koʻrish uchun Italiyaga sayohat qilgan.

Milicevic Argentina shimolida joylashgan S. M. de Tucuman shahrigaArtes visuales, Museo de Arte Moderno, p.25, enero 1982, Mexico. arxitektor sifatida ishlash uchun koʻchib oʻtgan. Bu yerda Milliy universitetning sanʼat maktabiga oʻqishga kirgan va 1976-yilda uni tamomlagan Journey of the visual experiences, by Osvaldo Romberg, p.106 to 109, San Miguel de Tucuman, 1972.. Uning birinchi koʻrgazmasi 1970-yilda Tucumanda boʻlib oʻtgan"Plural", N°135, diciembre 1982, Mexico..

Milicevic Ispaniya va Meksikada ham yashagan, 1987-yildan beri FransiyadaL’Officiel des Arts, UNESCO, p.56 et 128, mai 1988, Paris. istiqomat qiladi. 1989-yilda Montmartredagi Bateau-Lavoirda oʻz ustaxonasini ochgan. Uning studiyasi Endre Rozsdaning studiyasi yonida joylashgan. 1976-yildan beri Milicevic hayotini faqat rasmlar chizishga bagʻishlanganWhoʻs who in International Artp.125, Edition 1987-88, Lausanne, Suisse.. Butun dunyo boʻylab 120 ta shaxsiy, shuningdek, jamoaviy koʻrgazmalarini oʻtkazgan.

Galereya

Manbalar

Havolalar

Kseniya Milicevic – moviy koʻk (fransuz tilida) Kseniya Milicevic Sent-Frajou rasm muzeyida Sayt sanʼatining mustahkamligi

Turkum:Rassomlar Turkum:Arxitektorlar Turkum:Bosniya va Gersegovinada tugʻilganlar