„Prisoner“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd tomonidan Lana Del Rey ishtirokida ijro etilgan qoʻshiq boʻlib, u The Weekndning ikkinchi studiyaviy albomi – Beauty Behind the Madness (2015) dan oʻrin olgan. Qoʻshiqni ikki ijrochidan tashqari Illangelo yozgan, shuningdek, u The Weeknd bilan birga prodyuserlik ham qilgan. Bu The Weeknd va Lana Del Reyning toʻrt hamkorligidan birinchisi hisoblanadi.

Tijoriy muvaffaqiyati "Prisoner" qoʻshigʻi birinchi haftada 51,291 nusxada sotilib, Billboard Hot 100 roʻyxatida 47-oʻrinda debyut qildi. Qoʻshiq, shuningdek, shu vaqt ichida AQShda 3,7 million strim ega boʻldi.

Jonli chiqishlar Del Rey va The Weeknd 2015-yil 9-dekabrda Kaliforniyaning Inglewood shahridagi Forum sport majmuasida ushbu qoʻshiqni birinchi marta jonli ijro etdilar.

Tanqidiy qabul Bustle nashridan Alex Kritselis yozadi: „Oʻrta tempdagi duet aynan kutganingizdek eshitiladi: qorongʻu, iztirobli va biroz oshirib yuborilgan. The Weeknd va Del Rey – dramatizmga moyilligi bilan tanilgan ikki sanʼatkor haqidagi fikringizga qarab, bu trek siz uchun yoki mutlaqo oʻta mukammal, yoki mutlaqo eshitishga arzimaydigan boʻlib tuyuladi. Shaxsan menga yoqdi“. Rolling Stone sharhlovchisi Jon Dolan albom haqidagi sharhida ushbu qoʻshiqni „dabdabali gʻamginlikning choʻqqisi“ va „sekin alangalanuvchi oʻziga achinish bazmi“ deb taʼrifladi. Stereogum sharhlovchisi Chris DeVille „Prisoner“ni Beauty Behind the Madness albomining „eng qiziqarli qismi“ deb atadi va ushbu qoʻshiq „The Weekndning eski miksteyplaridagi trekni eslatadi, biroq unga Del Reyning sirli va fojiali jozibasi ham qoʻshilgan“, dedi.

2019-yilda Billboard jurnalidan Kirsten Spruch „Prisoner“ qoʻshigʻini Lana Del Reyning eng yaxshi hamkorlik ishlari roʻyxatiga kiritdi. Billboard sharhlovchisi Richard S. He esa 2019-yilda tuzgan „Every Lana Del Rey Song, Ranked“ roʻyxatida ushbu qoʻshiqni 75-oʻringa qoʻydi.

Chartlar

Haftalik chartlar Chart (2015) Eng yuqorioʻrin

Yil yakunga koʻra chartlar Chart (2015) Oʻrin Hot R&B Songs (Billboard) 46

Sertifikatsiya +„Prisoner“ning sertifikatsiyasiHududSertifikatsiyaSertifikatlangan birliklar/sotuvlarAmerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA)Platina1,000,000Avstraliya (ARIA)Oltin35,000Kanada (Music Canada)Oltin40,000

Manbalar

Turkum:2015-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:Lana Del Rey qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar