Tuluza jangi () – Akvitaniya xristian qoʻshinining Akvitaniya gersogi Buyuk Odo boshchiligidagi qoʻshinning Tuluza shahrini qamal qilayotgan Umaviylar musulmon armiyasiga qarshi kechgan jang. Umaviylar qoʻshiniga al-Andalus voliyi as-Samh ibn Malik al-Xavloniy boshchilik qilgan. Akvitaniyaliklarning hal qiluvchi gʻalabasi Umaviylar qoʻshinining Narbonnedan Akvitaniyaga, hozirgi Fransiyaning janubi-gʻarbiy qismlariga tarqalishiga toʻsqinlik qilgan.

Tarixi Al-Andalusning Umaviy voliyi (general-gubernatori) as-Samh ibn Malik al-Xavloniy Akvitaniyani zabt etish maqsadida arablar va berberlardan iborat armiya tuzdi. Akvitaniya hozirgi Fransiyaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan katta knyazlik boʻlib, rasmiy ravishda franklar hukmronligi ostida edi, biroq amalda Akvitaniya gersogi qoʻlida deyarli mustaqil edi. Britaniyalik arxeolog Ian Meadowsning taʼkidlashicha, as-Samhning maqsadi Garonna daryosi vodiysi va Tuluza shahrini egallash hamda butun Atlantika dengizigacha choʻzilgan keng hududni qoʻlga kiritish edi. Bu hudud, oʻz navbatida, Pireney yarim orolida musulmonlar tomonidan boshqarilayotgan yerlar orqali Oʻrta yer dengizi va Shimoliy Afrikaga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoniyatini berardiIan Meadows, „The Arabs in Occitania“, Arab and Islamic Cultures and Connections, Archive: Saudi Aramco World.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Umaviylar xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:721