Abulqosim Abdurahmon ibn Abdulloh ibn Abdulhakam (), asosan, Ibn Abdulhakam (; milodiy 801– 871/hijriy 257) nomi bilan mashhur. Misrning Fustat shahrida yashagan musulmon (sunniylik) tarixchi va huquqshunos. Uning „Futuh Misr vaʼl-Magʻrib vaʼl-Andalus“ („Misr, Shimoliy Afrika va Andalusning fath etilishi“) nomli asari islom tarixidagi eng qadimgi arab tilidagi tarixiy manbalardan biri sifatida eʼtirof etiladi va hozirgacha saqlanib qolgan muhim manba hisoblanadi.
Hayoti Ibn Abdulhakamning oilasi arablardan boʻlgan. Yozuvchining otasi Abdulloh va ukasi Muhammad oʻz davrida (IX asr boshlari) Misrda Molikiylik mazhabi boʻyicha yetakchi ulamolardan edi. Otasining vafotidan soʻng, bu oila oʻz eʼtiqodidagi ortodoksal qarashlarga sodiqligi sababli abbosiy xalifa al-Vosiq tomonidan taʼqib qilingan[ iqtibos kerak ].
Xalifa al-Mutavakkil hukmronligi davrida tarixchi Ibn Abdulhakam va uning birodarlari marhumga tegishli mulkni oʻzlashtirishda ayblanib, qamoqqa olingan. Qamoq davomida Ibn Abdulhakamning birodarlardan biri qiynoqlar ostida vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Ibn ʿAbd al-Ḥakam, Kitāb futuḥ misr wa akbārahā, edited and with English preface by Charles Torrey (English title The History of the Conquests of Egypt, North Africa, and Spain), Yale University Press, 1922. Charles Torrey, „The Mohammedan Conquest of Egypt and North Africa in the years 643 to 705 A. D.“ Historical and Critical Contributions to Biblical Science vol 1, p. 535-293. Yale University Press, 1901. Translation with short preface. Robert Brunschvig, „Ibn 'Abdalh’akam et la conquête de l’Afrique du Nord par les Arabes.“ Annales de l’Institut d’Etudes Orientales, v. 6 (1942–44) 108-155. More accessibly reprinted in Al-Andalus, 40 (1975), pp. 92–75.
Turkum:870-yilda vafot etganlar Turkum:9-asr misrlik kishilar Turkum:Afrikalik tarixchilar Turkum:9-asr arab shaxslari