2025-yil 22-iyunda Eron—Isroil urushi doirasida AQSH Harbiy-havo kuchlari va Harbiy-dengiz floti Erondagi bir nechta yadroviy obyektlarga „Midnight Hammer“ operatsiyasi nomi ostida hujum uyushtirdi. Fordow uran boyitish zavodi, Natanz yadro kompleksi va Isfahondagi nomaʼlum obyekt Northrop B-2 Spirit radar uchun sezilmaydigan bombardimonchi samolyotlari tomonidan tashilgan oʻnlab 30 000 funtlik (13 600 kg) GBU-57A/B MOP bombalari, shuningdek, suv osti kemalaridan otilgan „Tomahawk“ qanotli raketalar bilan nishonga olindi. Ushbu yadroviy inshootlar Eronning eng muhim uran boyitish markazlari hisoblanadi. 13-iyundan beri davom etayotgan urushda Eron va Isroil o‘rtasida keng ko‘lamli janglar kuzatilmoqda.
AQSH prezidenti Donald Tramp „juda muvaffaqiyatli hujum“ haqidagi xabarni Truth Social orqali ommaga e’lon qildi. Kongressdagi respublikachilar asosan Trampning bu harakatini qo‘llab-quvvatladilar, aksar demokratlar va ayrim respublikachilar esa bu qarorning konstitutsiyaviyligidan xavotirga tushdilar. Xalqaro hamjamiyat esa, Eronning qasos olishi va vaziyatning yanada keskinlashuvi haqida tashvish va xavotir bilan munosabat bildirdi.
Izohlar
Manbalar