Barthélémy Ikechi Ross Chinenyeze (1998-yil 28-fevralda tug‘ilgan) - fransuz professional voleybolchisi, „Fenerbaxche“ va Fransiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida o‘ynaydi. Chinenyeze Tokio-2020 Olimpiada o‘yinlarida erkaklar o‘rtasidagi turnirda oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shaxsiy hayoti Chinenyeze Fransiyada tug‘ilgan bo‘lib, otasi igbo millatiga mansub nigeriyalik, onasi esa fransuzdir. U ikki millat madaniyati bag‘rida voyaga yetgan.
Faoliyati U terma jamoaga 2017-yilda kelib qo‘shilgan va 2017-yilgi Yevropa chempionati va 2017-yilgi Jahon chempionlar kubogida ishtirok etgan. Chinenyeze 2017-yilgi Jahon ligasida oltin medal sohibi bo‘lgan. 2018-yilning 2-martida u Asseco Resoviyaga qo‘shildi.
Mukofotlari Klub Ichki 2018–19 Fransiya kubogi, Tour VB bilan 2018–19 Fransiya chempionati, Tour VB bilan 2022–23 Italiya chempionati, Cucine Lube Civitanova bilan
Yakka tartibdagi mukofotlari 2018: Fransiya chempionati – Eng yaxshi markaziy bloklovchi 2019: Fransiya chempionati – Eng qadrli (eng foydali) o‘yinchi 2019: Fransiya chempionati – Eng yaxshi markaziy bloklovchi 2021: Olimpiada oʻyinlari — Eng yaxshi markaziy bloklovchi Davlat mukofotlari 2021: Faxriy Legion ordeni ritsari unvoniga sazovor bo‘lgan
Manbalar
Havolalar
Barthélémy Chinenyeze at LegaVolley.it Barthélémy Chinenyeze at PlusLiga.pl Barthélémy Chinenyeze at Volleybox.net
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida medal sohiblari