Ibn Bassam yoki Ibn Bassam ash-Shantariniy (; 1058-1147) arab-andalus shoiri va al-Andaluslik tarixchi. Santaremda tugʻilgan va Banu Tagʻlib qabilasiga mansub boʻlgan. 1147-yilda vafot etgan.
Ibn Bassam nasroniylarning toʻxtovsiz bosqinlari haqida soʻzlab, oʻzining qanday qilib Portugaliyaning Santarem shahridan, „gʻarbdagi shaharlarning soʻnggisidan“ qochishga majbur boʻlganini tasvirlagan. Oʻz yerlarining vayron etilgani, boyliklari yoʻq qilinganini koʻrib, faqatgina singan qilichi qolgan xonavayron odamga aylanganini hikoya qilgan.
Ayniqsa, (Ibreiya xalq fazilatlari haqida xazina) antologiyasi mashhur boʻlib, mazkur asar Almoraviylar sulolasiga oid muhim manba hisoblanadiʼAbī ʼal-Ḥasan ʻAlī ibn Bassām ʼal-Shantarīnī, ʼal-Dhakhīrah fī maḥāsin ahl ʼal-Jazīrah, ed. by Iḥsān ʻAbbās, 4 vols in 8 (Bayrūt: Dār ʼal-Thaqāfah, 1978).. Ibn Bassam ushbu asarining Abu Bakr Uboda ibn Ma as-Soma ismli shoir haqidagi maqolasida muvashshahning kashf etilishi haqida maʼlumot berganGarcía Gómez, Emilio. 1952. „Veinticuatro jarŷas romances en muwaššaḥs árabes (ms. G. S. Colin).“ Al-Andalus 17 (1): 57–127.. Bu ixtironi X asr koʻzi ojiz shoiri Muhammad Mahmud al-Qabriy yoki Ibn Abd Rabbihi amalga oshirganini aytgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1058-yilda tugʻilganlar Turkum:1147-yilda vafot etganlar Turkum:11-asr arab tilli shoirlari Turkum:12-asr arab tilli shoirlari Turkum:Al-Andaluslik shoirlar Bassam Bassam Turkum:Santaremlik kishilar