PayPal — onlayn pul o'tkazmalarini qo'llab-quvvatlaydigan ko'pgina mamlakatlarda onlayn to'lovlar tizimini boshqaradigan Amerikaning ko'pmillatli elektron tijorat kompaniyasi; Bu anʼanaviy qog‘oz usullari, masalan, cheklar va pul o‘tkazmalari uchun elektron muqobil sifatida xizmat qiladi. Kompaniya onlayn sotuvchilar, auksion saytlar va boshqa ko‘plab tijorat foydalanuvchilari uchun to‘lov protsessori sifatida faoliyat olib boradi va buning uchun xizmat haqi undiradi.

1998-yilda Confinity nomi ostida tashkil etilgan PayPal, 2002-yilda dastlabki ommaviy taklif (IPO) orqali ommaga ochiq kompaniyaga aylandi. O‘sha yilning oxirida u eBay’ning to‘liq mulk huquqiga ega sho‘ba korxonasiga aylandi va 1,5 milliard dollarga baholandi. 2015-yilda eBay PayPal’ni o‘z aksiyadorlariga ajratib berdi va PayPal yana mustaqil kompaniya bo‘ldi. Kompaniya 2022-yilda daromad bo‘yicha AQShning eng yirik korporatsiyalari ro‘yxati Fortune 500’da 143-o‘rinni egalladi. 2023-yildan buyon PayPal MACH ittifoqining a'zosi hisoblanadi.

Tarixi

Dastlabki tarixi Kompaniya dastlab 1998-yil dekabr oyida Maks Levchin, Peter Till va Lyuk Nosek tomonidan Fieldlink nomi bilan tashkil etilgan. Keyinchalik u qo‘l qurilmalari uchun xavfsizlik dasturlarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan Confinity nomiga o‘zgartirildi. Bu sohada muvaffaqiyatga erisha olmagach, kompaniya 1999-yilda raqamli hamyon xizmatlariga o'z e'tiborini qarata boshlaydi. PayPal elektron toʻlov tizimining birinchi versiyasi 1999-yilda ishga tushirilgan. 2000-yil mart oyida Confinity 1999-yil mart oyida Elon Musk, Harris Friker, Kristofer Peyn va Ed Xo tomonidan asos solingan onlayn moliyaviy xizmatlar kompaniyasi X.com bilan birlashdi. Ilon Mask Confinity kompaniyasining pul oʻtkazmalari biznesi kelajagiga optimistik qarashda edi. Biroq, u va X.com prezidenti va bosh direktori Bill Harris ushbu biznesning istiqbollari borasida kelishmovchilikka tushdilar, natijada Harris 2000-yil may oyida kompaniyani tark etdi. 2000-yil oktabr oyida Ilon Mask X.com kompaniyasining boshqa internet-bank faoliyatlarini to‘xtatib, to‘lovlarga e’tibor qaratishga qaror qildi.

Manbalar

Havolalar PayPal rasmiy sayti

Turkum:AQSh shirkatlari