Nabi Akosha masjidi (), shuningdek, Okasha masjidi yoki Ukkosha masjidi nomlari bilan ham tanilgan, Isroilning gʻarbiy Quddus shahri Eski shahar shimolidagi Straus koʻchasida joylashgan masjid va maqbara.
Tarixi 637/638-yillardagi Quddus qamalidan keyin Quddusga kelib joylashgan, islom paygʻambari Muhammadning sahobasi Ukkosha ibn al-Mihsonning maqbarasi milodiy XII asrda qurilgan. Islomiy anʼanaga koʻra, bu yerga Salohuddin al-Ayyubiyning askarlari dafn etilgan. „Shahidlar qabri“ nomi bilan mashhur boʻlgan. XIII asrda qabrga Mamluklarlar tomonidan qoʻshimchalar qilingan. Shuningdek, Muso, Iso va Muhammad paygʻambarlar ham shu yerda dafn etilgan, degan rivoyat bor. Shu bois Britaniya oliy komissari John Chancellor yaqin atrofdagi koʻchaga „Paygʻambarlar koʻchasi“ deb nom bergan.
XIX asrda qabr yonida masjid qurilgan.
1929-yilgi Falastindagi tartibsizliklari vaqtida 1929-yil 26-avgust kuni masjid yahudiylar guruhi tomonidan hujumga uchragan. Masjid jiddiy zarar koʻrgan va qabrlar vayron qilinganShaw report, p. 65.. 1948-yilgi Arab–Isroil urushi davrida gʻarbiy Quddusdan falastinlik arablarning koʻchib ketishi oqibatida masjid tashlab qoʻyilgan. Bugungi kunda masjid Haredi yahudiy mahallasidagi bogʻning oʻrtasida, Straus ko‘chasi bilan Paygʻambarlar koʻchasi kesishmasi yaqinida joylashgan.
Galereya
Yana qarang
Ukasha ibn al-Mihsan yurishi Ukasha ibn al-Mihsan yurishi (Uzra va Baliy) Quddusdagi masjidlar roʻyxati Isroilda islom
Manbalar
Adabiyotlar
Qoʻshimcha adabiyotlar
Havolalar
Turkum:Isroildagi 19-asr masjidlari Turkum:20-asrda masjidlarga qilingan hujumlar Turkum:21-asrda masjidlarga qilingan hujumlar Turkum:Isroilda ayyubiylar meʼmorchiligi Turkum:Falastinda ayyubiylar meʼmorchiligi Turkum:Isroildagi minorali masjid binolari Turkum:Quddusdagi masjidlar Turkum:Quddusdagi ziyoratgohlar