Samiha Ayverdi (1905-yil 25-noyabr – 1993-yil 22-mart) turk yozuvchisi edi.

Hayoti Samiha Ayverdi Istanbulda usmonli harbiy amaldori Fatma Meliha xonim va Ismoil Haqqi beyning oilasida tugʻilgan. U Sulaymoniya Qizlar Namunaviy maktabida tahsil olgan va boshqa darslar qatori fransuz tilini oʻrgangan, falsafa va islom tasavvufi boʻyicha mutolaa qilgan. U tasavvuf mutafakkiri Kenan Rıfoiyning muridi, keyinchalik esa uning rasmiy vorisiga aylangan. Ularning taʼsiri Ayverdi ijodida katta oʻrin tutdi. U meʼmor va tarixchi Ekrem Haqqi Ayverdiyning singlisi edi.

1938-yilda u Aşk Budur nomli oʻzining birinchi romanini nashr etdi va undan soʻng 30 dan ortiq roman va hikoyalar toʻplamini chop qildi.

Vafoti Ayverdi 1993-yil 22-martda vafot etgan va Istanbulning Zeytinburnu tumanidagi Merkezefendi qabristoniga dafn qilingan.

Asarlari Samiha Ayverdi oʻzining birinchi romani Aşk Budurni 1938-yilda nashr ettirdi. 1946-yildan boshlab u koʻproq gʻoyaviy va tarixiy asarlarga eʼtibor qaratdi. U oʻz asarlarida tarixdan keng foydalandi. Uning maqolalari va romanlari Istanbul haqidadir. Tasavvufiy tafakkur va tarix ayniqsa uning romanlarida qayta jonlantirildi va u oʻz asarlari orqali Kenan Rifoiyni oʻquvchilarga tanishtirishga harakat qildi.

Uning „Batmayan kun“ va „Inson va shayton“ romanlari oʻtmishni izlashining mahsulidir. Uning oʻtmishga sogʻinchini eng yaxshi aks ettirgan romani – „Ibrohim efendi konağı“ boʻlib, u 100 ta zaruriy asarlar roʻyxatiga ham kiritilgan. Kubbealtı nashriyoti tomonidan „Samiha Ayverdi toʻplami“ nomi ostida chop etilgan kitoblar soni 47 tani tashkil etadi.

Asarlari Aşk Budur (Aşk Bu imiş) 1938 Batmayan Gün 1939 Mâbette Bir Gece 1940 Ateş Ağacı 1941 Yaşayan Ölü 1942 İnsan ve Şeytan 1942 Son Menzil 1943 Yolcu Nereye Gidiyorsun 1944 Yusufcuk 1946 Mesihpaşa İmamı 1948 Kenʼan Rifâî ve Yirminci Asrın Işığında Müslümanlık 1951 İstanbul Geceleri 1952 Edebî ve Mânevî Dünyâsı İçinde Fâtih 1953 İbrâhim Efendi Konağı 1964 Boğaziçi’nde Târih 1966 misyonerlik Karşısında Türkiye 1969 Türk-Rus Münâsebetleri ve Muhârebeleri 1970 Bir Dünyâdan Bir Dünyâya 1974 Türk Târihinde Osmanlı Asırları 1975 Millî Kültür Meseleleri ve Maârif Dâvâmız 1976 Âbide Şahsiyetler 1976 Türkiyeʼnin Ermeni Meselesi 1976 Hâtıralarla Başbaşa 1977 Kölelikten Efendiliğe 1978 (arab va ingliz tillarida 1979, urducha 1981) Dost 1980 (inglizcha 1995) Yeryüzünde Birkaç Adım 1984 Rahmet Kapısı 1985 Mektuplardan Gelen Ses 1985 Ne İdik Ne Olduk 1986 Hancı 1986 Bağ Bozumu 1987 Hey Gidi Günler Hey 1988 Küplüceʼdeki Köşk 1989 Ah Tuna Vah Tuna 1990 Dile Gelen Taş 1999 Râtibe 2000 İki Âşinâ 2003 Ezelî Dostlar 2004 Mülâkatlar 2005 Dünden Bugüne Ne Kalmıştır 2006 Arkamızda Dönen Dolaplar 2007 Kaybolan Anahtar 2008 Paşa Hanım 2009 Ebabil Kuşları 2010 O da Bana Kalsın 2013 Türkiyeʼnin Ermeni Meselesi 2014 Sinanʼın Günlüğü 2015

Mukofotlari Samiha Ayverdi 1978-yilda Turkiya Milliy madaniyat jamgʻarmasining sovgʻasi, 1984-yilda Milliy madaniyat jamgʻarmasi tomonidan berilgan „Turk milliy madaniyatiga faxriy xizmat“ mukofoti, 1985-yilda „Yeryüzünde Birkaç Adım“ („Yer yuzida bir necha qadam“) nomli asari uchun Boğaziçi nashriyotidan Boğaziçi yutuq mukofotini oldi. 1986-yil 26-aprel kuni Turkiya Adabiyot jamgʻarmasi tomonidan unga „Milliy sanʼatga xizmatlari uchun“ faxriy yorliq topshirildi. 1988-yilda chop etilgan „Hey Gidi Günler Hey“ nomli asari uchun Turkiya Yozuvchilar uyushmasi tomonidan yilning til mukofoti berildi. 1990-yilda Bosh vazirlik huzuridagi oila tadqiqotlari instituti unga tashakkurnoma taqdim etdi. 1992-yilda u Turkiya Ilmiy va adabiy asarlar mualliflari kasbiy uyushmasi (İLESAM) tomonidan berilgan „Alohida xizmatlar“ mukofotiga sazovor boʻldi. 2005-yilda Istanbulning Fatih tumanidagi Vatan koʻchasida joylashgan Vatan anatoliya litseyi nomi „Samiha Ayverdi anatoliya litseyi“ etib oʻzgartirildi.

Yana qarang Cemalnur Sargut

Manbalar

Havolalar Samiha Ayverdi’ga bagʻishlangan veb-sayt Samiha Ayverdi biografiyasi en/ Jamalnur Sargʻutning Samiha Ayverdi haqidagi maqolasi

Turkum:1905-yilda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda vafot etganlar Turkum:Istanbullik yozuvchilar Turkum:Turk soʻfiylari Turkum:Merkezefendi qabristoniga dafn etilganlar Turkum:20-asr turk ayol yozuvchilari Turkum:Ayol soʻfiy oriflar Turkum:Soʻfiy oriflar Turkum:Soʻfiy murabbiylar