Choi Beom-gyu (Koreyscha: 최범규; 2001-yil 13-martda tugʻilgan), Beomgyu nomi bilan tanilgan, Janubiy Koreyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi. U 2019-yilda Big Hit Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyalik yigitlar guruhi Tomorrow X Together aʼzosi hisoblanadi. U 2025-yil 27-martda „Panic“ nomli ilk yakkaxon qoʻshigʻini chiqardi.

Hayoti va karyerasi Choi Beomgyu 2001-yilning 13-martda Janubiy Koreyaning Deagu shahrida tugʻulgan.

2019-yildan hozirgacha Beomgyu Tomorrow X Together guruhida tanishtirilgan beshinchi va soʻnggi aʼzo boʻlib, u Big Hit Musicda ikki yil davomida tayyorgarlikdan oʻtgan. Guruh 2019-yil 4-mart kuni The Dream Chapter: Star nomli mini-albom chiqishi bilan debyut qildi. Debyut juda muvaffaqiyatli boʻlib, ushbu albom Gaon Album Chart va Billboard World Albums Chart reytinglarida birinchi oʻrinni egalladi hamda US Billboard 200 chartiga 140-oʻrin bilan kirdi.

Beomgyu turli moda jurnallarida namoyon boʻlib kelgan. Uning ilk shaxsiy fotosessiyasi 2023-yil mart oyidagi Marie Claire Korea sonida chop etilgan.

Boshlovchilik faoliyati 2023-yil yanvar oyida Beomgyu Beomdio nomli shaxsiy uslubdagi radio loyihasini olib bora boshladi. Ushbu loyiha ikkinchi mavsumga yangilanib, 2025-yilda Hansung Universityda oʻtkazilgan maxsus oflayn epizod bilan yakunlandi.

2024-yil aprel oyida u Workout Zzang Beomgyu (운동 짱 범규) nomli veb-dasturga boshlovchilik qildi. Unda Beomgyu oʻzini yangi mashqlar orqali sinovdan oʻtkazdi. Dastur Mdromeda Studio YouTube kanalida namoyish etildi.

Manbalar

13-mart tugʻulganlar| Janubiy Koreyalik qoʻshiqchilar| Kpop