2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan chana sporti boʻyicha erkaklar oʻrtasida juftlik bahslari 11-fevral kuni Kortina-dʼampetsso shahridagi Cortina Sliding Centreda boʻlib oʻtdi. Italiya vakillari boʻlgan Emanuel Rieder va Simon Kainzwaldner juftligi musobaqaning oltin medaliga sazovor boʻldi. Har ikkala sportchi uchun ham bu ilk Olipiya medallari edi. Thomas Steu va Wolfgang Kindl juftligi boʻlgan Avstriya sportchilari kumush medalga ega chiqqan boʻlsa, germaniyalik Tobias Wendl va Tobias Arlt bronza medallarini qoʻlga kiritdi.
Tarixi Tobias Wendl va Tobias Arlt 2014, 2018 va 2022 yillarda Qishki Olimpiada oʻyinlarida gʻolib boʻlganlar. Ular, shuningdek, 2026-yilgi musobaqaga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. 2026-yilgi oʻyinlarning kumush medali egalari Toni Eggert va Sascha Benecken edi. Ular orasida Eggert bu yilgi Olimpiadaga ham yoʻllanma oldi, biroq ushbu oʻyinlarda u Florian Müller bilan birga qatnashdi. Bronza medali sohiblari Thomas Steu va Lorenz Koller boʻlgan. 2026-yilgi Olimpiadada Steu Lorenz bilan emas, balki Wolfgang Kindl bilan ishtirok etgan. Wendl va Arlt ushbu Olimpiadadan oldin 2025–2026-yilgi chanada uchish boʻyicha jahon kubogi reytingida yetakchilik qilayotgan edi. Hannes Orlamünder va Paul Gubitz 2025 yilgi Jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida juftlik bahslarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
Natija Reyting Start raqami Sportchilar Mamlakat 1-urinish Reyting 2-urinish Reyting Umumiy Ortda qolgan vaqt 8 Emanuel RiederSimon Kainzwaldner 52.499 3 52.587 1 1:45.086 1 Thomas SteuWolfgang Kindl 52.485 2 52.669 4 1:45.154 +0.068 3 Tobias WendlTobias Arlt 52.583 5 52.593 2 1:45.176 +0.090 4 7 Toni EggertFlorian Müller 52.579 4 52.690 6 1:45.269 +0.183 5 6 Mārtiņš BotsRoberts Plūme 52.604 6 52.680 5 1:45.284 +0.198 6 10 Marcus MuellerAnsel Haugsjaa 52.482 TR 1 52.811 8 1:45.293 +0.207 7 2 Ivan NaglerFabian Malleier 52.647 7 52.657 3 1:45.304 +0.218 8 9 Zack DiGregorioSean Hollander 52.744 8 52.723 7 1:45.467 +0.381 9 4 Eduards Ševics-MikeļševicsLūkass Krasts 52.749 9 52.934 11 1:45.683 +0.597 10 15 Devin WardropeCole Zajanski 52.996 10 52.910 10 1:45.906 +0.820 11 5 Juri GattRiccardo Schöpf 53.014 12 52.901 9 1:45.915 +0.829 12 12 Christián BosmanBruno Mick 53.121 13 53.004 12 1:46.125 +1.039 13 11 Wojciech ChmielewskiMichal Gancarczyk 53.000 11 53.246 13 1:46.246 +1.160 14 13 Ihor HoiNazarii Kachmar 53.843 14 53.739 14 1:47.582 +2.496 15 16 Hou ShuoJubayi Saikeyi 54.108 15 53.930 15 1:48.038 +2.952 16 14 Danyil MartsinovskiyBohdan Babura 54.158 17 53.957 16 1:48.115 +3.029 17 17 Marian GîtlanDarius Șerban 54.144 16 54.046 17 1:48.190 +3.104
Manbalar
Turkum:Chana sporti 2026-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarida