Nuriya Sultona Solihiy – afgʻon-avstraliyalik yadro fizigi, biofizik va gumanitar faol. Afgʻoniston Avstraliya taraqqiyot tashkilotining asoschisi.
Yoshligi va taʼlimi
Solihiy Afgʻonistonda tugʻilgan va Kobul universitetida taʼlim olgan. Keyinchalik Fransiyaning Lion shahridagi Claude Bernard universitetida oʻqib, PhD darajasini qoʻlga kiritgan.
Faoliyati
Solihiy dastlab Kobulda yadro tibbiyoti sohasida ishlagan, ammo 1981-yilda Sovet Ittifoqining Afgʻonistonga bostirib kirishidan sal oldin Avstraliyaga koʻchib ketgan.
1983–2017-yillar davomida Melbourne Health tizimida yadro fizigi va biofizik sifatida ishlagan. Soʻnggi yillarda Melbourne Qirollik shifoxonasining yadro tibbiyoti boʻlimida faoliyat yuritgan.
2001-yilda Solihiy Afgʻoniston Avstraliya taraqqiyot tashkilotiga asos solgan va hozirgacha ijrochi direktori. Shuningdek, Afgʻoniston Avstraliya Volontyorlar Assotsatsiyasini ham tashkil etgan va 2002—2006-yillarda ushbu tashkilot prezidenti boʻlgan. Bundan tashqari, turli qochqinlar, diniy hamkorlik (ekumenik) va inson huquqlari bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar qoʻmitalarida ham faol ishtirok etgan. Mukofotlari 1997-yilda Solihiy Avstraliya ordeni medali bilan taqdirlangan. Bu mukofot unga afgʻon jamoasi, qochqinlar va ayollarni qoʻllab-quvvatlash guruhlari orqali inson huquqlariga qilgan xizmatlari uchun berilgan.
2001-yilda Centenary Medal bilan mukofotlangan.
2019-yilda Avstraliya kuni mukofotlari marosimida Avstraliya ordenining aʼzosi darajasiga koʻtarilgan. Bu mukofot unga afgʻon, muhojir va qochqin jamoalariga qilgan muhim xizmatlari uchun berilgan.
2012-yilda Solihiy „Viktoriyalik eng yaxshi avstraliyalik“ unvoniga sazovor boʻlgan. 2021-yilda Viktoriya ayollari faxriy roʻyxatiga kiritilgan.
Solihiy 1997-yildan beri Avstraliya ordeni assotsiatsiyasining umrbod aʼzosi hisoblanad. Shuningdek, u 2012-yildan buyon Avstraliya kuni elchisi sifatida ham faoliyat yuritib kelmoqda. Manbalar
Turkum:Afgʻonistonda tugʻilganlar Turkum:Kobul universiteti bitiruvchilari