Kajaki toʻgʻoni — Afgʻonistonning Hilmand viloyatidagi Kajaki tumanida, Hilmand daryosida joylashgan tuproqli to'g'on. U Qandahor shahridan taxminan shimoli-gʻarbda joylashgan. Toʻgʻonda gidroelektr stansiyasi mavjud va Energetika va suv xoʻjaligi vazirligi orqali Hilmand va Argandab vodiysi boshqarmasi tomonidan boshqariladi.

Kajaki toʻgʻoni ikki xil vazifani bajaradi: Hududni elektr energiyasi bilan taʼminlash qurgʻoqchil yerlarni sugʻorish. Toʻgʻondan chiqayotgan suv 500 km masofadagi kanallar orqali qishloq xoʻjaligi yerlariga yetib boradi. 2022-yil iyul holatiga koʻra, toʻgʻon 151 megavatt (MVt) gacha elektr energiyasi ishlab chiqaradi.

Toʻgʻonning balandligi , uzunligi esa boʻlib, suv omborining umumiy sigʻimi 1,715 milliard m³ ni tashkil qiladi. Toʻgʻon Siston havzasini suv bilan taʼminlaydigan asosiy daryo oqimini nazorat qiladi.

Tarixi Toʻgʻon boʻyicha tadqiqotlar 1946-yilda boshlangan va 1950-yilda dastlabki loyihasi tayyorlangan. Toʻgʻon 1951—1953-yillarda Amerikaning Morrison Knudsen kompaniyasi tomonidan qurilgan.

1975-yilda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) toʻgʻon ostida qurilgan elektr stansiyasiga dastlabki ikkita 16,5 MVt quvvatli generatorlarni oʻrnatdi. Stansiya aslida uchta generator uchun moʻljallangan edi, biroq oʻsha vaqtda faqat 1 va 3-bloklar oʻrnatilgan.

1979-yilda Sovet Ittifoqi Afgʻonistonga bostirib kirishidan oldin pudratchilar mamlakatni tark etgan edi. Ular elektr energiyasi va sugʻorish uchun suv hajmini oshirish maqsadida toʻgʻonni ga koʻtarishni va favqulodda suv chiqargichni yakunlashni rejalashtirgan edilar, biroq bu ishlar bitmay qolgan. Darvozalarning o'rnatilmasligi natijasida to'g'on suvni faqat balandlikdan yuqori darajada o'tkazadi. Darvozalarning o'rnatilishi suv ombori sig'imini yana 1,01 milliard m³ ga oshirishi mumkin.

2001-yil oktyabr oyida AQSh harbiy-havo kuchlarining Afgʻonistondagi hujumlari paytida Kajaki toʻgʻoni elektr stansiyasi bombardimon nishoni boʻlgan.

USAID va Jahon banki koʻmagida 1 va 3-bloklar qayta tiklandi va quvvat 33 MVtga yetkazildi. 1-blok 2005-yil sentyabrda, 3-blok esa 2009-yil oktyabrda ishga tushirildi.

2008-yil avgust oyida ISAF va Afgʻoniston qoʻshinlari "Burgut choʻqqisi" (Oqab Tsuka) operatsiyasi doirasida Qandahordan Kajaki toʻgʻoniga uchinchi generatorni muvaffaqiyatli yetkazib berishdi. Biroq, Tolibon hujumlari tufayli generatorni oʻrnatish uzoq vaqtga kechikdi.

2022-yil iyul oyida ikkinchi bosqich ishga tushirilishi bilan umumiy quvvat 151 MVtga koʻtarildi.

Suv boʻyicha kelishuv 1973-yilda Afgʻoniston va Eron oʻrtasida imzolangan kelishuvga binoan, Afgʻoniston Eronga sekundiga kamida suv chiqarishga rozi boʻlgan. 1998-yilda suv oqimi toʻxtatilgach, Homun koʻli qurib qolgan . 2023-yilda Eron prezidenti Ebrahim Raisi suv masalasini jiddiy ko'tardi. 2025-yil yanvarida esa Afgʻoniston hukumati Eronni suv bilan taʼminlashda davom etishini tasdiqladi.

Iqlimi

San'atda Amerikaliklarning toʻgʻon qurish harakatlari Adam Curtisning 2015-yildagi "Bitter Lake" hujjatli filmida tilga olingan. "Kajaki" (2014) — toʻgʻon yaqinidagi harbiy voqealar haqida britaniyaliklar tomonidan suratga olingan film.

Shuningdek qarang Afgʻonistondagi toʻgʻonlar va suv omborlari roʻyxati

Manbalar

Tashqi havolalar

USAID hujjatlarida Kajaki toʻgʻoni

Turkum:Afg'onistondagi to'g'onlar Turkum:Hilmand daryosi Turkum:1953-yilda qurib bitkazilgan to'g'onlar Turkum:Afg'onistondagi GESlar