Lucy Thoumaian yoki Rossye de Visme (; 1890 — 1940) Armanistonlik ayollar huquqlari va tinchlik faoli edi. Armanistondan quvgʻin qilingach, u yetim armanlar uchun Chigvellda maktab tashkil etishga yordam berdi. U 1915-yilda Gaagadagi ayollar konferensiyasida qatnashishidan avval tinchlik uchun manifest nashr qilgan. Keyinroq u Millatlar Ligasida ishlay boshlagan.

Hayoti Lucy Thoumaian Shveytsariyada tugʻilgan. Unga Rossye de Visme ismi berilgan.

U va uning eri — ruhoniy professor Garabed Thoumanian, Armanistondan quvgʻin qilindilar va Britaniyada muhojir boʻlib qolishdi. U yerda ular 1906-yilda armanlar uchun Chigvelldagi Oaxurstda. bolalar uyi va maktab tashkil etishgan.

1911-yilda Lucy Thoumaian London shahrida oʻtkazilgan irqchilikka qarshi ilk urinishlardan biri boʻlgan Birinchi Umumjahon Irqlar kongressida qatnashadi. Usmonli imperiyasidan quvgʻin boʻlishiga qaramay, u turk delegatlarini hamkorlik zaruratining ramzi sifatida quchoq ochib kutib oladi.

1914-yilda Lucy Thoumaian „Urush odamlar tomonidan yaratilgan, uni ayollar bekor qilishi kerak“ mavzusidagi tinchlik manifestini nashr qildi. U ayollar urushga sabab boʻlgan nizo hal etilguncha har hafta yigʻilishlar oʻtkazishlari kerakligini taklif qilgan.

1915-yilda Lucy Thoumaian Gaagaga safar qilib, u yerda Gaagadagi ayollar konferensiyasida Armaniston nomidan qatnashadi. U konferensiyaga 1915-yil 25-aprelda kelgan. Bir kun avval esa arman genotsidi boshlangan — yuzlab ziyolilar Armanistonda hibsga olingan edi.

Lucy Thoumaian konferensiyaning asosiy panelida ishtirok etadi. Konferensiyadan soʻng u noyabrgacha Niderlandiyada qoldi. U materiallar tarqatish bilan band edi va Armanistondagi Marsovonda oxirgi marta koʻrgan 30 nafar qarindoshi haqida maʼlumot topishga jon-jahdi bilan urinardi.

Urush tugagach, Lucy Thoumaian Millatlar Ligasi komissiyasida ishlashi uchun WILPF tomonidan ilgari surildi. U Armanistondagi genotsid qurbonlari uchun adolat talab qilib ishlashda davom etadi.

Lucy Thoumaian 1940-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Ayollar huquqlari Turkum:1890-yilda tugʻilganlar Turkum:1940-yilda vafot etganlar Turkum:Armanistonlik tinchlik faollari