Darja Semeņistaja (2002-yil 16-sentyabrda tugʻilgan) — latviyalik tennischi. 2025-yil 27-oktyabrda WTA reytingida yakkalik yoʻnalishida 87-oʻrinni band qilgan boʻlsa, 2025-yil 8-sentyabrda juftlik yoʻnalishida 119-oʻrinni egallagan. WTA Challenger tur bahslari yakkalik yoʻnalishi boʻyicha ikkita, juftlik yoʻnalishi boʻyicha esa ikkita unvonni qoʻlga kiritgan.

ITF turi yakkalik bahslarida 16 ta va juftlik oʻyinlarida 10 ta unvonga sazovor boʻlgan.

Sport faoliyati 2021 2021-yilda Semeņistaja ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasi yakkalik bahslari boʻyicha eng koʻp sovrin yutgan, sportchi jami 7 ta unvonni qoʻlga kiritgan. U ushbu unvonlarining dastlabki ikkitasini Serbiyada qoʻlga kiritgan. Serbiyaning Prokuplje shahrida oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi 15 ming dollarlik turnirlarda gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻlgan. Keyingi sovrinini iyul oyi oʻrtalarida Bratislavada, toʻrtinchisini avgust oxirida Ukrainaning Chornomorsk shahrida va qolgan uchta unvonini oktyabr oyida Meksikaning Kankun shahrida oʻtkazilgan musobaqada qoʻlga kiritgan.

2024 Veronika Erjavec bilan birga Semeņistaja Kanberra xalqaro tennis turnirida juftlik bahslari chempioni boʻlgan. Ular final uchrashuvida Kaylah McPhee va Astra Sharmani magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan.

Manbalar

Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Latviyalik ayol tennischilar