Abu Fukayha () — islom paygʻambari Muhammadning sahobasi, asl ismi Yasar boʻlgan. Abu Fukayha uning kunyasi. Qurʼonning uch oyati u bilan bogʻliq bir holat haqida nozil qilingan.
Hayoti Abu Fukayha asl nasabi jihatidan Yamandagi Azd qabilasidan boʻlganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 8. Translated by Bewley, A. (1995). The Women of Madina, pp. 173-174. London: Ta-Ha Publishers.. U Makkada Kinona qabilasidan Safvon ibn Umayya ibn Muharritning qoʻlida qul edi. Egasi uni nomaʼlum bir vaqtda ozod qilgan, biroq shahardagi ijtimoiy mavqei ahamiyatsizligicha qolganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..
Uning Abu Tajra ismli bir oʻgʻli, shuningdek, Fukayha hamda Baraka ismli ikki qizi boʻlgan: Abu Tajra Abduddor urugʻining mavlosi boʻlib, uning Barra va Habiba ismli ikki qizi boʻlgan. Baraka Abu Sufyonning mavlosi boʻlgan. U Asad qabilasi aʼzosi, Saʼid ibn al-Os ibn Umayyaning ittifoqchisi Qays ibn Abdullohga turmushga chiqqan. Ularning Umayya ismli bir qizi boʻlgan. Fukayha Juma urugʻidan boʻlgan Hattob ibn al-Horisga turmushga chiqqan. Baraka va Fukayha Safvon ibn Umayyaning qizi Fotima bilan birga Habashistonga hijrat qilgan musulmonlar orasida bor edi.
Abu Fukayha keksayganida musulmon boʻlgan. U 614–616-yillardagi taʼqiblar paytida mushriklar tomonidan shunday qiynoqqa solinganki, nima deyayotganini bilmay qolgan. Oʻshanda u paygʻambar Muhammadni yomonlab, butlarni maqtaganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr. London: Ta-Ha Publishers.. Qiynoqlardan ozod boʻlgach, yigʻlagan koʻyi paygʻambarning huzuriga kelgan. Shunda paygʻambar undan: „Oʻsha paytda qalbingda nimani his qilding?“ deb soʻragan. U esa: „Qalbim iymon bilan xotirjam va iymonda sobit edi“, — deb javob bergan. Shunda paygʻambar unga: „Agar ular seni yana qiynashsa, yana shunday deyaver“, — deb ruxsat bergan. Paygʻambar Muhammad majburlikdan oʻz dinidan qaytgan boʻlsa-da, ammo qalbi iymon bilan xotirjam boʻlgan musulmon aybdor emasligini bildirgan.
Abu Fukayhaning nomi 622-yilda Madinaga hijrat qilganlar orasida tilga olinmagan. Ehtimol, u bu sanaga kelib, tabiiy sabablar bilan vafot etgan boʻlishi mumkin.
Tarixiy eslatma Ommabop qarashlarga koʻra, Abu Fukayhani Abu Bakr sotib olib, ozod qilganLessons from the Lives of those who Went AstrayPremières mesures coercitives. Biroq bu maʼlumot toʻgʻri emas. Uning ismi Ibn Isʼhoq tomonidan keltirilgan toʻliq ekani daʼvo qilinadigan Abu Bakr sotib olgan qullar roʻyxatida uchramaydi. Aksincha, Ibn Is’hoq aniq qilib Abu Fukayhani uning dastlabki xoʻjayini Safvon ozod qilganini taʼkidlagan.
Manbalar
Turkum:Sahobalar