Pargev Vardanian (; 1996-yil 7-iyunda tugʻilgan) — Parg () taxallusi bilan tanilgan, Yerevanda faoliyat yurituvchi arman xonanda va qoʻshiqnavisi. Parg 2021-yilda oʻzining ilk singli — „Ginin u grely“ni taqdim etgan. U „Survivor“ qoʻshigʻi bilan Armaniston nomidan „Eurovision–2025“ tanlovida ishtirok etgan.
Hayoti va karyerasi Parg 1996-yil 7-iyunda Armanistonning Hayravank qishlogʻida arman oilasida tugʻilgan. U hali yoshligida oilasi bilan Rossiyaning Volgograd shahriga koʻchib oʻtgan. U yerda Volgograd davlat teatr va kino institutida tahsil olib, teatr sanʼati va aktyorlik yoʻnalishi boʻyicha diplom olgan. Taʼlim olayotgan davrida u The Edge Chronicles guruhi asoschilaridan biriga aylangan. 2017–2019-yillar oraligʻida guruh Armaniston, Rossiya, Gruziya va Ukraina boʻylab turli mahalliy sahnalarda va konsert maydonlarida gastrol safarlarida boʻlgan.
2022-yilda Parg Armanistonga qaytib kelgan. Oʻsha yilning iyun oyida u Zazning HAYA Festival doirasidagi Yerevan konsertida asosiy dasturdan oldin sahnaga chiqqan. Shundan buyon u Rosa Linn kabi ijrochilarning qoʻshiqlariga kaverlar ijro etgan hamda Brunette bilan hamkorlik qilgan.
Parg „Araj“ qoʻshigʻi uchun 2024-yilgi „Armenian Music Video Award“ mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan. Uning 2024-yilda chiqarilgan „Kanchum em“ singli musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholangan.
Parg „Survivor“ qoʻshigʻi bilan „Depi Evratesil 2025“ tanlovida ishtirok etgan. U milliy va xalqaro hakamlar hay’atidan ikkinchi eng yuqori natijani olgan, tomoshabinlar ovozida esa birinchi oʻrinni egallagan. Yakuniy hisobda tanlov gʻolibiga aylanib, Armaniston nomidan Shveysariyaning Basel shahrida boʻlib oʻtgan „Eurovision–2025“ tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritgan. Tanlov finalida u 20-oʻrinni egallagan.
Shaxsiy hayoti 2024-yilda Parg Nana Vardanyan bilan turmush qurgan.
Diskografiyasi Mini-albomlar Nomi Maʼlumotlar Theatre Session (Live Edition) Chiqarilgan: 2023-yil 18-mart Leybl: Mustaqil ravishda chiqargan Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Hayravankda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar