Franka Batelić (1992-yil 7-iyunda tugʻilgan) — taxallusi Franka sifatida ham tanilgan, xorvatiyalik qoʻshiqchi-bastgakor.

Franka Showtime realitiy-tanlovining birinchi mavsumi gʻolibligi orqasidan mashhurlikka erishgan. Batelić Xorvatiya nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2018da „Crazy“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan.

Hayoti va ijodi 1992–2006: Dastlabki hayoti va taʼlim Franka Batelić 1992-yil 7-iyunda Riyeka shahrida tugʻilgan.

Uning Nikolya ismli ukasi bor va u Labin shahridagi „Storm“ guruhida qoʻshiqchi va gitarachi sifatida faoliyat yuritib keladi.

U qoʻshiq kuylashni uch yoshidan boshlagan, avval Minicantanti xorida yakkaxon ijrochi sifatida, shuningdek Rabacdagi Avliyo Andrey katolik cherkovi xorida ham kuylagan.

Boshlangʻich va oʻrta maktabni tugatgach, Batelić Berklee College of Musicda ikki semestr oʻqigan, keyinchalik esa Zagreb yuridik universitetiga oʻqishga kirgan.

Shaxsiy hayoti 2018-yil 21-iyulda Batelić uzoq yillik sevgilisi, futbolchi Vedran Ćorlukaga turmushga chiqdi.

2019-yil avgust oyida juftlik oʻzlarining birinchi farzandini kutayotganini eʼlon qilgan. Ularning ikki nafar farzandi bor, biri 2020-yil yanvarda, ikkinchisi esa 2022-yil noyabrda tugʻilgan.

Mukofotlari va nominatsiyalari Yil Tashkilot Kategoriya Nomzod / asar Natija 2008 12-xorvat Radio festivali Tomoshabinlar tanlovi Ruža u kamenu 2009 HR Top 20 Yilning eng yaxshi yangi ijrochisi Franka Batelić Porin Eng yaxshi yangi ijrochi Franka Batelić 2010 Zlatna koogla Eng yaxshi ayol xonanda Franka Batelić Eng yaxshi musiqiy video Možda volim te 2018 Cesarica Yil qoʻshigʻi S tobom Kao ti i ja 2019 Ljubav, ništa više Sve dok sanjaš Pop xit qoʻshigʻi 2020 Music Awards Ceremony Yilning musiqiy videosi Ljubav, ništa više TOP.HR Music Awards Yilning ayol ijrochisi Franka Batelić 2020 Cesarica Yil qoʻshigʻi „Prvi osjećaj“

Manbalar

Havolalar