Kongo DR milliy futbol terma jamoasi (; ) — FIFA tomonidan Kongo DR, CAF tomonidan esa DR Kongo nomlari bilan tan olingan boʻlib, erkaklar oʻrtasidagi xalqaro futbol musobaqalarida Kongo Demokratik Respublikasi nomidan ishtirok etadi. Jamoa Kongo Futbol Assotsiatsiyasi Federatsiyasi tomonidan boshqariladi. Terma jamoa „Les Léopards“, yaʼni „Qoplonlar“ laqabini olgan. Jamoa FIFA hamda Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) aʼzosi hisoblanadi.

Kongo Demokratik Respublikasi FIFA reytingida eng yuqori 28-oʻrinni egallagan. Zair nomi bilan esa Sahroi Kabirdan janubdagi mamlakatlar orasida birinchi boʻlib FIFA Jahon chempionatiga yoʻllanma olgan va ikki marta Afrika Millatlar Kubogini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, terma jamoa ikki chempionlik bilan Afrika Millatlar Chempionatining eng muvaffaqiyatli jamoalaridan biri hisoblanadi va bu borada uchta chempionlikka ega Marokashdan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Ayni paytda jamoa FIFA reytingida 46-pogʻonani egallab turibdi.

KDR futbol jamoasi avvalroq Belgiya Kongosi, Kongo-Kinshasa va Zair kabi nomlar ostida turli musobaqalarda ishtirok etgan. Jamoaning 1974-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi ishtiroki Zair nomi bilan boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Sport voqealari Kongo Demokratik Respublikasi Kongo DR CAF saytida Kongo DR FIFA saytida Kongo DR leopardsfoot saytida

Turkum:Afrika milliy futbol terma jamoalari Turkum:Afrika Millatlar Kubogi gʻolib mamlakatlari