Morgan Elliot Rogers (2002-yil 26-iyulda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining „Chelsea“ klubi va Angliya milliy terma jamoasida hujumkor yarim himoyachi yoki vinger sifatida toʻp suradi. Hujumning turli nuqtalarida oʻynay oladigan koʻp qirrali futbolchi boʻlgan Rogers oʻzining jismoniy kuchi, hujumdagi yorib kirishlari, uzoq masofadan gol ura olish qobiliyati va toʻpni yaxshi nazorat qilishi bilan tanilgan.
Dadli metropolitan borosidagi Heylsoven shahrida tugʻilgan Rogers „West Bromwich Albion“ akademiyasi tarbiyalanuvchisidir. U 2019-yilda „Manchester City“ bilan shartnoma imzolagan, biroq bu klub safida birorta ham oʻyinda maydonga tushmagan. „Lincoln City“, „Bournemouth“ va „Blackpool“ klublarida ijara asosida oʻynagach, 2023-yilda „Middlesbrough“ jamoasi safiga qoʻshilgan. „Midlsbro“ klubidagi yarim mavsumdan soʻng Rogers 2024-yilda taxminan 8 million funt sterling evaziga „Aston Villa“ bilan shartnoma imzolagan. „Villa“ safidagi oʻzining yorqin mavsumidan soʻng klubning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topilgan Rogers 2025-yilda PFA talqini boʻyicha „Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi“ sovrinini qoʻlga kiritgan. 2026-yil iyul oyida u angliyalik futbolchi uchun rekord summa hisoblangan 117 million funt sterling evaziga „Chelsea“ klubi safiga oʻtgan.
Rogers Angliya sharafini xalqaro miqyosda 15 yoshgacha boʻlganlar toifasidan tortib kattalar jamoasigacha himoya qilgan va 2024-yilda milliy terma jamoa safida debyut qilgan. 2026-yilning may oyida u JCh-2026 uchun tarkibga kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
Morgan Rogers Aston Villa saytida
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:West Bromwich Albion F.C. futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Lincoln City F.C. futbolchilari Turkum:Blackpool F.C. futbolchilari Turkum:Middlesbrough F.C. futbolchilari Turkum:Aston Villa F.C. futbolchilari Turkum:Chelsea F.C. futbolchilari Turkum:AFC Bournemouth futbolchilari Turkum:Angliya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Angliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari