Felicia Waldock (qizlik familiyasi: Schroeder; 1986-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — „Åland United“ jamoasida oʻynagan amerikalik futbolchi. Tugʻma kar boʻlgan Waldock 2009-yil AQSh kar-soqov ayollar milliy terma jamoasi bilan va 2013-yilgi Kar-soqovlar Olimpiadasida oltin medallarni qoʻlga kiritgan.
Ilk hayoti va taʼlimi Felicia Schroeder 1986-yil 3-dekabrda Cincinnati shahrida Tom va Andrea Schroederlar oilasida tugʻilgan. Sportching opasi ham bor. Schroeder tugʻma kar edi. Tegishli sharoitlar yetishmasligi sababli u uchinchi sinfga qadar toʻqqizta turli maktabda tahsil olgan.
Maktabda oʻqib yurgan yillarida Schroeder „Ohio Elite Soccer Academy“ va „Cardinals“ klublarida futbol oʻynagan. Ushbu ikki klub tarkibida u toʻrtta shtat chempionligini (1999, 2000, 2001, 2005-yillar), shuningdek, bitta milliy chempionlikni qoʻlga kiritgan. 2023-yil iyul holatiga koʻra, futbolchi oʻzi oʻqigan yuqori maktabda urilgan gollar va golli uzatmalar soni boʻyicha rekordlarni saqlab kelmoqda.
Schroeder 2005-yilda Oak Hills High School maktabini tamomlagan. Soʻngra Janubiy Karolina universitetiga oʻqishga kirgan. U yerda Schroeder kampus shaharchasidagi yagona kar talaba edi. Shu sababli universitetda ishora tili tarjimoni yoʻq edi va oʻquv yurti Schroeder bilan darslarga qatnashish uchun Jorjiyadan maxsus odam yollagan. Qulay sharoitlar yaratishdagi qiyinchiliklar tufayli sportchi Purdue universitetiga oʻtgan. U yerda „psixolog boʻlish hamda kar bolalarga eshitish dunyosi boʻlmasligiga qaramay, koʻp narsaga erishish mumkinligini anglashga yordam berish“ uchun psixologiya yoʻnalishida tahsil olgan.
Faoliyati
Sportdagi faoliyati Schroeder Purdue universitetiga oʻtishdan oldin ikkita mavsum davomida Janubiy Karolina universitetida futbol oʻynagan. 2007-yilda Purdue universitetida oʻqib yurganida, uning jamoasi Big Ten Conference turnirida gʻolib chiqqan.
2009-yilda u AQSh kar-soqov ayollar milliy terma jamoasi aʼzosi sifatida Amerika Qoʻshma Shtatlari sharafini himoya qilgan. Schroeder Taybeyda oʻtkazilgan 2009-yilgi Kar-soqovlar Olimpiyadasida oʻynash uchun tanlab olingan. Futbolchi ushbu oʻrinni egallaganini bilganidan soʻng, „AQSh Olimpiya qoʻmitasi oʻyinlarga homiylik qilmasligi sababli har bir oʻyinchi Tayvanga boʻladigan safar uchun 5 000 dollar toʻplashi kerakligini“ bilib olgan. Schroeder zarur mablagʻni topishga muvaffaq boʻlgan va yakunda oltin medalni qoʻlga kiritgan.
2011-yilda Schroeder Finlyandiya futbolining eng yuqori divizioni boʻlmish Naisten Liiganing „Åland United“ jamoasida debyut qilgan. U 2012-yilda Shvetsiya jamoasida oʻynagan. Oʻsha yili u Kar-soqovlar oʻrtasidagi jahon kubogida oltin medalni qoʻlga kiritgan. U yerda u AQSh ayollar milliy terma jamoasida oʻynagan, shuningdek, ilk bor taʼsis etilgan Imkoniyati cheklangan yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotiga sazovor boʻlgan.
2013-yilda u Kar-soqovlar Olimpiyadasida yana bir oltin medalni qoʻlga kiritgan.
Murabbiylik faoliyati 2012-yilda Schroeder Texas A&M xalqaro universitetining ayollar futbol jamoasida yordamchi murabbiy rolini oʻz zimmasiga olgan va jamoaning milliy reytingini oshirishga yordam bergan. U, shuningdek, Sinsinnati universitetida, Benton Central yuqori maktabid] va „Ohio Elite Soccer Academy“ akademiyasida murabbiylik qilgan.
Oʻqituvchilik faoliyati 2019-yil holatiga koʻra, Waldock Kolerayn yuqori maktabida Amerika ishora tilidan dars bergan va maktabning qizlar futbol jamoasi murabbiyi boʻlgan. Waldock hozirda Lakota West yuqori maktabida ASL 1 va 2 fanlaridan dars beradi va qizlar futboli boʻyicha JV jamoasining bosh murabbiyi hisoblanadi.
Shaxsiy hayoti Schroeder 2014-yilda Adam Waldock bilan turmush qurgan. 2019-yil holatiga koʻra, ular Liberti shaharchasida yashashadi va ikkita farzandi bor.
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Amerikalik ayol futbolchilar Turkum:Ayol futbol hujumchilari