V Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlari (, ) — etnik sport turlari boʻyicha xalqaro sport musobaqasi boʻlib, 2024-yil 5-martning 8–13-sentabr kunlari Qozogʻiston poytaxti — Ostona shahrida boʻlib oʻtdi.
Oʻyinlarning shiori — «Buyuk dasht uchrashuvi» (, ).
Tayyorgarlik 2022-yilda IV Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining yopilish marosimida navbatdagi, beshinchi oʻyinlar 2024-yilda Qozogʻistonda oʻtkazilishi maʼlum boʻldi.
Qozogʻiston Bosh vazirining 2023-yil 13-iyuldagi farmoyishi bilan respublika poytaxti — Ostona shahrida V Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuzildi. Qozogʻiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Roman Sklyar uning raisi etib tayinlandi.
Dastlab Oʻyinlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish uchun hokimiyat tomonidan 5 milliard tengaga yaqin mablagʻ ajratilishi eʼlon qilingan edi. Biroq Qozogʻistonning bir qancha hududlariga talafot yetkazgan 2024-yilgi suv toshqinlari sababli Oʻyinlar byudjetini sezilarli darajada qisqartirishga majbur boʻlindi.
Manbalar
Turkum:Qasim-Jomart Toqayev prezidentligi Turkum:Qozogʻistondagi sport musobaqalari Turkum:Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari