thumb|348px|right|Shtatlar boʻyicha ovozlar nisbati.
2008-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidentlik saylovi – 2008-yilning 4-noyabrida boʻlib oʻtdi. Bu har toʻrt yilda oʻtkaziladigan AQSh prezidenti va uning yordamchisini aniqlab beruvchi 56-saylov boʻldi. Saylovda Demokrat Barack Obama gʻalaba qozondi. Shuningdek senat (31 shtatda), vakillar kengashi (barcha shtatlarda) va gubernatorlar (11 shtatda) saylovlari ham oʻtkazildiElection Center 2008. Prezident va yordamchisi lavozimlariga eng katta ikki firqa — AQSh Demokratik Partiyasidan mos ravishda Barack Obama va Joe Biden, AQSh Respublikachilar Partiyasidan mos ravishda John McCain va Sarah Palin nomzodlari qoʻyilgandi. AQSh tarixida prezidentlik uchun ilk bora ikki amaldagi senator kurashishdi. Ikkala nomzod ham Amerika qitʼasidan tashqarida tugʻilgan ilk prezidentlik nomzodlaridir — Obama Hawaiida, McCain esa Panama kanali atrofidagi AQSh hududida tugʻilganElection 2008 The New York Times. Oʻtgan saylov yana shunisi bilan eʼtiborga molikki, undagi nomzodlardan qaysi biri gʻalaba qozonganda ham, bu tarixiy yangilik: Obama birinchi qora tanli AQSh prezidenti, McCain esa birinchi muddatga saylangan eng keksa prezident boʻlar edi. Bu prezident yordamchilari nomzodlariga ham taalluqli: Biden birinchi katolik, Palin esa birinchi ayol yordamchi boʻlar edi.
Nomzodlar AQSh prezidenti lavozimiga nomzodlar roʻyxati (qalin harflar bilan gʻolib nomzod belgilangan): Demokratlar Partiyasidan thumb|right|Barack Obama.
Barack Obama Hillary Rodham Clinton (2008-yil 7-iyunigacha) John Edwards (2008-yil 30-yanvarigacha)
Respublikachilar Partiyasidan thumb|right|John McCain.
John McCain Mike Huckabee (2008-yil 4-martigacha) Ron Paul (2008-yil 4-martigacha)
Konstitutsiya Partiyasidan Chuck Baldwin Libertarian Partiyasidan Bob Barr Yashil Partiyadan Cynthia McKinney Mustaqil nomzod Ralph Nader
Manbalar
Havolalar Election Center 2008 CNN Election 2008 The New York Times Vibori v SShA — 2008 Lenta.ru
Turkum:AQSh Turkum:Prezidentlik saylovlari