Niderlandlar (), Niderlandlar Qirolligi (niderlandcha: Koninkrijk der Nederlanden) (norasmiy nomi — Gollandiya) — Gʻarbiy Yevropada, Shimoliy dengiz sohilida joylashgan davlat. Maydoni — 41,543 km² (18,41% suv). Aholisi — 18 854 788 kishi (2023). Poytaxti — Amsterdam shahri. Hukumat qarorgohi — Gaaga shahrida. Maʼmuriy jihatdan 12 provinsiya (provincie)ra boʻlinadi. Niderlandiya Antil orollari, Aruba oroli Niderlandiya mulki hisoblanadi. Niderlandiya rivojlangan davlat hisoblanadi. Uning umumiy yer maydoni 960000 gektarga teng.

Davlat tuzumi thumb|250px|right|Qirol Villem-Aleksander rasmiy turda davlat boshligʻi hisoblanadi Niderlandiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1983-yilda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — qirol (qirolicha) (2013-yildan Villem Aleksander). Uning huzuridagi Davlat kengashi aʼzolari qirol tomonidan tayinlanadiVorgezogene Neuwahl in den Niederlanden. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va ikki palatali Bosh shtatlar (parlament), ijroiya hokimiyatni qirol bilan hukumat amalga oshiradiRegierung zerbricht an Afghanistan-Streit.

Tabiati Niderlandiya Oʻrta Yevropa tekisligining gʻarbiy qismida joylashgan. Shimoldan sayoz qoʻltiq va buxtalar oʻrab turadi. Sohili 56 m gacha balandlikdagi doʻngliklardan iborat, toshqindan saqlanish uchun toʻgʻon va dambalar qurilgan. Yer yuzasi, asosan, payettekislik. Niderlandiya hududining 40 % dengiz sathidan pastda, faqat 2 % 50 m dan yuqori. Eng baland joyi 321 m. Niderlandiyaning payettekislik qismlari doim dengiz suvi bosish xavfi ostida. 1282-yilgi kuchli suv toshqini natijasida Zeyder-Ze qoʻltigʻi hosil boʻlgan. 33 km li damba qurilgach, Zeyder-Zening janubiy qismi chuchuk suvli berk koʻlga aylangan. Niderlandiyaning sharqi morenali tepalik; shimoliy qum va gilli dengiz va daryo yotqiziqlaridan, sharqi muzlik yotqiziqlaridan, daryo deltalari esa allyuvial yotqiziqlardan tuzilgan. Koʻmir, neft va gaz, torf, osh tuzi, kaolin konlari bor.

Iqlim — dengiz iqlimi, qishi yumshoq, yozi iliq. Atlantika okeanidan yil boʻyi shamol esadi. Yanvarning oʻrtacha harorati 1—3 °C, iyulniki 16—17 °C. Yillik yogʻin 650–750 mm. Tez-tez tuman tushadi. Qattiq sovuqlar ahyon-ahyonda boʻladi. Qor kam, yomgʻir koʻproq yogʻadi. Daryolar yil boʻyi sersuv; yiriklari: Reyn, Maas, Shelda. Sohil tuprogʻi unumdor, daryo vodiylariniki allyu-vial-oʻtloqi tuproq. Niderlandiyaning shimol va sharqida, asosan, chimli podzol, ayrim joylarida botqoqlangan tuproq. Niderlandiya hududining 70 % madaniy landshaft, 8 % oʻrmon. Qumli joylari butali vereyekzor (archagul), daryolar sohili tolzor. Hayvonot dunyosi juda kambagʻal. Yovvoyi quyon, tiyin, suvsar, sassiq-koʻzan, yelik yashaydi. Niderlandiyada qushlarning 180 turi bor. Daryo deltalaridagi suzuvchi qushlar qishlaydigan joylar qoʻriqlanadi. Velyuzom, Kennemer doʻngliklari, Xoge-Velyuve milliy bogʻlari va 8 ta qoʻriqxonasi bor.

Aholisi thumb|Niderlandiya aholisi (ming kishi) 1961—2003 Aholisining aksariyati gollandlarCBS StatLine — Population and population dynamics; month, quarter and year . Yirik etnik guruhlardan flamandlarProtestantism by country statistics — countries compared — NationMaster, frizlar borCIA — The World Factbook . Olmonlar, yahudiylar, indonezlar va boshqalar ham yashaydi. Dindor aholining 50 % ga yaqini katolik, 37 % protestant. Rasmiy til — niderland (golland) tili. Niderlandiya dunyoda aholisi eng zich joylashgan mamlakatlardan. Aholisining 89 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Amsterdam, Rotterdam, Gaaga, Utrext3.

Tarixi Niderlandiya hududida odamlar neolit davridan yashaydi; miloddan avvalgi 1-ming yillikning 2-yarmida bu yerda kelt qabilalari yashagan. I asr boshida bu qabilalarni olmonlar siqib chiqargan. Miloddan avvalgi I asrda Niderlandiya hududining bir qismini rimliklar bosib olgan. Milodiy III-IV asrlarda Niderlandiya hududiga franklar va sakslar hamda frizlar kelib oʻrnashdilar. Franklar davlati tuzilgach (V asr), Niderlandiya hududi uning tarkibiga, 843-yilgi Verden shartnomasiga binoan, „Mukaddas Rim imperiyasi“ tarkibiga kirdi. XX-XI asrlarda Niderlandiya hududida bir necha mustaqil yer-mulklar (Flandriya, Gollandiya, Geddern, Zelandiya, Utrext grafliklari va hokazo) tashkil topdi. XII asrdan shahar rivojlana boshladi. XV asrning 2-choragigacha Niderlandiyada feodal tarqoqlik hukm surdi. 1433-yilda Gollandiyani, soʻngra Niderlandiyaning boshqa knyazliklarini Burgundiya gersoglari bosib oldilar. Karl V imperiyasi parchalangach, Niderlandiya (1556-yildan keyin) Ispaniyaga qaram boʻlib qoldi. XVI asr Niderlandiya inqilobi natijasida mamlakat ispanlar zulmidan ozod boʻldi va Birlashgan viloyatlar respublikasi tuzildi. XVII asrda savdo va dengizchilik rivojlanishi natijasida Niderlandiya Yevropaning rivojlangan davlatlaridan biriga aylanib, Osiyo, Amerika, Afrikada yangi yer-mulklarni qoʻlga kiritdi, Indoneziya, Gviana, Kichik Antil orollarini va Kap viloyatini oʻziga qaram qilib oldi. 1795—1813-yillarda Gollandiya qirolligi Fransiya tarkibiga kirdi. 1815-yilda Belgiya bilan birlashib, Niderlandiya qirolligi tashkil etildi. 1830-yil inqilob natijasida Belgiya Niderlandiyadan ajralib chiqdi. thumb|Vilgelm I Oranskiy Niderlandiya mustaqilligining asoschisi hisoblanadi 1848-yilda Niderlandiya konstitutsiyasi qabul qilindi. 1840—1870-yillarda sanoat tez oʻsdi. 1860-yildan davlat temir yoʻl qurishni oʻz qoʻliga oldi. 1876-yilda Amsterdam — Shimoliy dengiz, 1882-yilda Rotterdam — Shimoliy dengiz kanallari qurildi. Rotterdam Olmoniya uchun tranzit portga aylandi. 1861-yilda birinchi kasaba uyushmasi tashkil topdi. Niderlandiyada XIX asrning soʻnggi choragida sanoatlashuv jarayoni, asosan, nihoyasiga yetdi. Sanoatning yetakchi tarmoqlari (kemasozlik, toʻqi-machilik va oziq-ovqat sanoati) modernizatsiya qilindi. Neft monopoliyalari tuzildi. Qishloq xoʻjaligida ekstensiv dehqonchilik va chorvachilikdan zamonaviy ishlab chiqarishga oʻtildi. Yangi temir yoʻllar qurildi.

Niderlandiya birinchi jahon urushi davrida Birinchi jahon urushi (1914—1918)da Niderlandiya oʻzining betarafligini maʼlum qildi. 1917-yil iqtisodiy qamal natijasida Niderlandiyada ishlab chiqarish va savdo susayib ketdi. 1918-yil bahordan dengizda kema qatnovi ham toʻxtadi. 1925—1929-yillarda Niderlandiyada sanoatning yangi tarmoqlari (radioapparatlar ishlab chiqarish, neftni qayta ishlash) vujudga keldi. Jahon iqtisodiy boʻhroni davri (1929—1933)da Niderlandiyada sanoat mahsuloti ishlab chiqarish, eksport va import 2 baravar kamaydi.

Niderlandiya ikkinchi jahon urushi davrida Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Niderlandiya betaraflik eʼlon qildi. 1940-yil 10-mayda fashistlar Olmoniyasi toʻsatdan bostirib kirdi va 14-mayda Niderlandiya taslim boʻldi. Qirolicha Vilgelmina va hukumat Buyuk Britaniyaga koʻchib ketdi. Niderlandiyani natsistlar idora qila boshladi. 1944-yil sentabr — 1945-yil martda Ittifoqchi davlatlar qoʻshinlari Niderlandiyaning janubini, 1945-yil aprelda sharqini ozod qildilar. 1945-yil may oyi boshlarida Olmoniya qurolli kuchlarining Niderlandiyadagi qismlari taslim boʻldi.

Urushdan keyingi yillarda 1948-yilga kelib, Niderlandiyada ishlab chiqarish urushdan avvalgi darajaga yetdi. Chetga sarmoya chiqarish keskin koʻpaydi. Ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvi tezlashdi. 1950-yillarda milliy ozodlik harakati kuchayishi natijasida Niderlandiya mustamlakalaridan mahrum boʻldi. Niderlandiya — 1945-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 30-aprel (Qirolicha kuni). Niderlandiya 1991-yil 31-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan oldi va 1992-yil 10-iyulda diplomatiya munosabatlari oʻrnatdi.

Asosiy siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Davlat islohot partiyasi, 1918-yilda tuzilgan; Markaz demokratlari, 1993-yilda tashkil etilgan; Demokratlar-66, 1966-yilda asos solingan; „Soʻl koʻkatparvarlar“, 1991-yilda tuzilgan; Ozodlik va demokratiya uchun xalq partiyasi, 1948-yilda tashkil etilgan; Mehnat partiyasi, 1946-yilda tuzilgan; Islohotchi siyosiy federatsiya, 1975-yilda asos solingan; Islohot siyosiy ittifoqi, 1948-yilda tuzilgan; Sotsialistik partiya, 1972-yilda tashkil etilgan; Ittifoq 55+, 1994-yilda tashkil etilgan; Xristian-demokratik daʼvat, 1976-yilda asos solingan; Keksalar umumiy uyushmasi, 1994-yilda tuzilgan. Niderlandiya kasaba uyushmalari federasiyasi, 1976-yilda tashkil etilgan; Kasaba uyushmalari xristian milliy uyushmasi, 1909-yilda tuzilgan.

Xoʻjaligi Niderlandiya — yuqori darajada rivojlangan industrial agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 24,4 %, qishloq xoʻjaligi ulushi 4,3 %. Niderlandiya muhim dengiz va quruqlikdagi transport yoʻllari kesishgan yerda joylashgan.

Sanoati Sanoatining texnika darajasi yuqori, malakali ishchi kuchi bilan taʼminlangan. Tabiiy gaz Niderlandiyaning asosiy kon boyligidir. Neft, toshkoʻmir ham qazib chiqariladi. Ishlab chiqarish sanoatining yetakchi tarmoqlari — kemasozlik, qora va rangli metallurgiya, metallsozlik va mashinasozlik, kimyo, neftni qay-ta ishlash va neft kimyosi, elektrotexnika, radioelektronika, oziq-ov-qat, toʻqimachilik. Aviasozik va avtomobilsozlik ham rivojlangan. Rangli metallurgiya sanoatida alyuminiy, rux va qalay eritiladi. Amsterdam, Rotterdam, Utrext, Harlem va boshqa shaharlarda umumiy mashinasozlik, Rotterdam, Sxidam, Dordrext, Amsterdamda yirik kemasozlik, Born va Eyndxovenda avtomobilsozlik, Rotterdam, Amsterdam va Flissingen atroflarida neftni qayta ishlash korxonalari bor. Plastmassa, oʻgʻit hamda sintetik tola uchun xom ashyo ishlab chikariladi. Gaz va osh tuzi xom ashyo bazasida kimyo sanoati rivojlangan. Farmatsevtika sanoati, lok, boʻyoq va boʻyovchi moddalar ishlab chiqarish juda taraqqiy qilgan. Xengelo shahrida katta tuz zavodi bor. Niderlandiyaning qadimgi sanoati — olmosga sayqal berish, asosan, Amsterdam shahrida joylashgan. Oziq-ovqat sanoati mahsulotining 1/3 qismini goʻsht-sut korxonalari beradi. Meva-sabzavot konservalari, pivo, kakao, shokolad ishlab chiqarish rivojlangan. Toʻqimachilik sanoatida, asosan, ip gazlama va sunʼiy ipakdan shoyi ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 74 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi Qishloq xoʻjaligi koʻp miqdorda tovar mahsulot ishlab chiqarib, mamlakat eksport qiymatining 1/4 qismiga teng. Qishloq xoʻjaligida foydalanishga yaroqli yerlar (2,2 mln. ga)ning 60 % oʻtloq, 35 % haydaladi, 3 % bogʻ, poliz va gulchilik xoʻjaliklari. Niderlandiya — chetga eng koʻp sut mahsulotlari, tuxum, parranda goʻshti, goʻsht konservalari, choʻchqa goʻshti chiqaruvchi mamlakatlardan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qiymatining 2/3 qismiga yaqinini chorvachilik va parrandachilik beradi. Bogʻdorchilik, sabzavotchilik va gulchilik dehqonchilikdan olinadigan mahsulot qiymatining 60 % ni beradi. Niderlandiya — issiqxonalarda yetishtirilgan sabzavot, meva va uzumni eksport qilishda dunyoda 1-oʻrinda. Niderlandiya koʻp miqdorda kartoshka eksport qiladi. Bundan tashqari, qand lavlagi, donli ekinlardan bugʻdoy, arpa, suli ekiladi. Yiliga 2 mlrd. donadan koʻproq lola piyozi yetishtiriladi. Baliq ovlanadi.

Transporti Savdo flotining tonnaji jihatidan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida 3-oʻrinda turadi. Yuk aylanmasi boʻyicha dunyoda eng katta portlardan biri — Rotterdam porti yiligi 280 mln. tonna yuk oʻtkazadi. Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning 80 %i avtomobil transportiga, 17,1 %i suv transportiga, 2,9 %i temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Temir yoʻl uzunligi — 2850 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 118,2 ming km. KLM aviakompaniyasi yoʻlovchilar tashish boʻyicha dunyoda 7-oʻrinni egallaydi. Amsterdamda xalqaro aeroport bor.

Eksport va import