Yalla — oʻzbek folk-, rok- va pop-guruhi. Asoschisi va solisti — Farrux Zokirov. 1970-yil Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti qoshida institut Oʻquv teatri direktori, shoir G.Rojkov va dastlabki musiqa rahbari — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, kompozitor Ye.Shiryayev tashabbusi bilan VIA shaklida tashkil topgan. Ishtirokchilari — F.Zokirov (1976-yildan badiiy rahbar), Shahboz Nizomitdinov, L.Kandalova, B.Joʻrayev, S.Avanesov, A.Fatxullin, Nargiz Boyxonova va boshqalar 1971-yil Oʻzbek konsert tarkibiga kirib, 1975-yil „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan ansambl“ unvoniga sazovor boʻlgan. 1970-yillar oxirida ansamblga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar R.Ilyosov (musiqa rahbari va aranjirovkachi, 1994-yilgacha), J.Toʻxtayev, A.Aliyev, A.Toʻlaganovlar kelib qoʻshilgan. „YA.“ ijodida milliy ohang va usullari rok musiqa („bluz rok“, „soft rok“, „rok-n-roll“ va boshqalar), Yevropa va Sharq musiqiy estrada shakllari hamda ommaviy musiqaning boshqa vositalari bilan uygʻunlashib, oʻziga xos, joʻshqin va jozibali uslub shakllanishiga asos boʻldi. Repertuaridan folkrok uslubida qayta ishlangan oʻzbek xalq qoʻshiq, yalla va ashulalari („Boychechak“, „Yumalab-yumalab“, „Qilpillama“, „Gʻayra-gʻayra“, „Xandalak“ va boshqalar), oʻzbek kompozitorlari („Oʻzbekiston“, S.Yudakov; „Qiz bola“, E.Solihov; „Bahor qasidasi“ F.YanovYanovskiy va boshqalar)ning aranjirovka qilingan asarlari va F.Zokirov bastalagan qoʻshiqlar („Majnuntol“, „Sumalak“, „Masxarabozlar“, „Sen boʻlmasang yonimda“, „Musiqali choyxona“, „Leyli“, „Uchquduq“, „Shahrisabz“, „Toshkentim onam“, „Yurt ishqida yonaman“, „Bugun bayram“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ayniqsa, „Yallamayorim“ (1984) va „Musiqali choyxona“ (1987) teatrlashtirilgan dasturlari mashhur boʻlib, Oʻzbekiston va koʻpgina chet mamlakatlarda namoyish etilgan. Ijrolari 10 dan ortiq gramplastinkaga yozilgan. Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda boʻlgan.
Tarix „Yalla“ vokal-cholgʻu ansambli 1970-yilda Toshkent shahrida Toshkent Teatr Instituti va Toshkent Konservatoriyasi bitiruvchilaridan tuzilgan. 1971-yildagi „Allo, isteʼdodlarni qidirayapmiz“ ("") Butunittifoq koʻrik-tanlovida Farruh Zokirov boshchiligidagi „Yalla“ ansambli rus tilida ijro etgan „Na tot bolshak“ qoʻshigʻi ularga koʻrik-tanlov diplomini keltirib, katta shuhrat berdi. 1974-yilda esa Oʻzbekistonda ancha tanilib qolgan „Yalla“ Bratislavadagi tanlovda „Majnun tol“ qoʻshigʻi bilan Gʻarbdagi tomoshabinlar eʼtiboriga tushdi. Ularning „Uch quduq“ qoʻshigʻi esa Ittifoq shlyageriga aylandi.
Filmografiyasi Aktyor + Film Yil Film Rol Izoh1978 Toʻylar muborak Oʻzi Kameo1980 Oʻzi Kameo1989 Tangalik bolalar Oʻzi Kameo2000 Alpomish 200... Myuzikl2003 Taqdir Davlat Zokirov (Shoxruxning otasi) Munis onam Oʻzi Kameo2010 Oʻzi Hujjatli
Turkum:Yalla Turkum:Musiqa Turkum:Musiqiy guruhlar Turkum:Oʻzbekistonlik rok musiqa guruhlari Turkum:1970-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar