Bratislava universiteti, Yan Amos Komenskiy nomidagi Bratislava universiteti — Slovakiyadagi dastlabki universitet. 1919-yilda tashkil etilgan. Bratislava universiteti huquqshunoslik, tibbiyot, dorishunoslik, falsafa, sanʼat, tabiiy fanlar, jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 18 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Kutubxonasida 1,5 mln.ga yaqin asar saqlanadi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Slovakiyadagi universitetlar‎