Kofirun surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi Bu surada Islom dini kuchayib, tarqalib ketayotganini koʻrib, xavotirga tushib qolgan kofirlar paygʻambar alayhissalomni ham, sahobalarni ham bu toʻgʻri yoʻldan chalgʻitish gʻarazida u kishining oldilariga kelib: "Ey Muhammad, kel, bizlar sening Xudoyingni tan olib, Unga ham ibodat qilaylik, sen ham oʻz Xudoyingga qoʻshib, bizlarning butlarimizga ham sigʻingin", -deyishganida nozil boʻlgandir. Bu suradan koʻzda tutilgan maqsad — Paygʻambar alayhissalomni ham, u zotning to Qiyomatgacha keladigan barcha ummatlarini ham kofirlarning bunday nayranglariga uchmaslikka va yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishga daʼvat etishdir.

Tarjimasi Alouddin Mansur tarjimasi

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey Muhammad,) ayting: "Ey kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsalarga ibodat qilmasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qilguvchi emasman. Va sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qilguvchi emasdirsizlar. Sizlarning diningiz oʻzlaringiz uchun, mening dinim oʻzim uchundir!"

Abdulaziz Mansur tarjimasi Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). (Ey, Muhammad,) ayting: "Ey, kofirlar! Men sizlar ibodat qilayotgan narsaga ibodat qilmasman. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar. Men sizlar ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchi emasman. Sizlar ham men ibodat qiladigan (Alloh)ga ibodat qiluvchi emassizlar. Sizlarning diningiz sizlar uchun, mening dinim men uchundir".

Manbalar