Oybek Qilichev (1989-yil 17-yanvarda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik nafaqadagi futbolchi, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Toshkentda tugʻilgan. Futbolchilik faoliyatini 2007-yilda Toshkentning „Traktor“ jamoasida boshlagan, 2008-yilda „Paxtakor“ jamoasiga oʻtgan. 2011-yilda koʻproq asosiy tarkibda maydonga tushish uchun „Andijon“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan. 2012-yili Paxtakor jamoasi tarkibiga qaytgan. 2014-yilning yanvarida Oybek BAA Pro-ligasining Al-Shaab jamoasi bilan shartnoma imzolagan.

2015-yilning 20-yanvarida Qilichev 18 oylik shartnoma imzolagan holda Fors koʻrfazi Pro ligasi vakili „Paykan“ jamoasiga oʻtgan. Qilichev 2016-yilning 15-yanvarida „Paxtakor“ bilan shartnoma imzolagan.

Qilichev 2017-yil 24-oktyabrda maydonda raqib futbolchisiga nisbatan tajovuzkor harakatlari va bundan oldin ham bir necha bor bunday harakatlarni amalga oshirgani sababli OʻFA 1 yil muddatga futboldan chetlashtirilgan. 2018-yil 18-iyunda OʻFA tomonidan futbolchining pushaymonligi hisobga olinib chetlatish muddati muddatidan avval yakunlagan va futbolga qaytishga ruhsat berilgan.

2019-yilgi mavsum avvalida „Andijon“ klubi bilan shartnoma imzolagan.

2021-yil yozgi transfer vaqtida Navoiyning „Qizilqum“ jamoasini tark etgan va Fargʻonaning „Neftchi“ klubiga oʻtgan. 2022-yilgi mavsumni „Neftchi“ jamoasida yakunlagan va futbolchilik faoliyatini tugatgan.

Yutuqlar

Oʻzbekiston Superligasi chempioni (1): 2012 Oʻzbekiston Kubogi sohibi: 2009, 2018 Oʻzbekiston Pro ligasi gʻolibi: 2021

Shaxsiy hayoti Oybek taniqli boks murabbiy Toʻlqin Qilichevni ukasi hisoblanadi.

Manbalar

Havolalar

Oybek Qilichev Footballzzcom saytida

Oybek Qilichev Transfermarkt saytida

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Lokomotiv Toshkent futbol klubi futbolchilari Turkum:Qizilqum klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Perak F.C. futbolchilari Turkum:Al-Shaab CSC futbolchilari Turkum:Paykan F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Eron Pro ligasi futbolchilari Turkum:BAA Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Birlashgan Arab Amirliklaridagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar