Loziqiya qamali () – Roshidun xalifaligining 636-yilda, Levantning musulmonlar tomonidan bosib olinishi paytida sodir boʻlgan yurishi. Vizantiya imperiyasining port shahri Loziqiya qamali islom paygʻambari Muhammadning ikki sahobasi Abu Ubayda ibn al-Jarroh va Uboda ibn as-Somit tomonidan olib borilgan.

Tarixi 636-yilda Tartus shahri boʻysundirilgach, Uboda ibn as-Somitga qoʻmondon Abu Ubayda tomonidan darhol Jabla va Loziqiya tomon yurish olib borish buyurildi (in Arabic) (in Arabic).

Qamal Qamal paytida Uboda mahalliy garnizonning qattiq qarshiligiga duch keldi. U shahar darvozasi nihoyatda katta boʻlib, uni faqat koʻpchilik bilangina ochish mumkinligini koʻrdi. Shundan soʻng Uboda qoʻshiniga shahardan uzoqroqda qarorgoh qurishni buyurdi. Ular otliqlarni yashirish uchun chuqur xandaq qazishdi. Uboda va uning qoʻshini kunduzi Hims tomon qaytayotgandek koʻrinish berdi, biroq oʻsha kechada qaytib kelib, xandaq ichiga yashirinishdi.

Uboda va uning qoʻshini ortiga qaytib ketganiga ishongan shahar aholisi darvozasini ochib, chorva mollarini tashqariga haydab chiqardi. Shu vaqtda Uboda zudlik bilan butun lashkariga hujum qilishni buyurdi. Kutilmaganda boshlangan hujumdan hayratga tushgan Vizantiya qoʻshinlari darvozani yopishga ulgura olmadi. Uboda shahar devoriga chiqib, takbir aytdi va askarlar shaharga bostirib kirdilar. Dahshatga tushgan Vizantiya himoya kuchlari shaharni himoyasiz qoldirib, al-Yusayid tomon qochib ketdi.

Natija Qochayotgan Vizantiya askarlari va mahalliy fuqarolar Ubodaga taslim boʻldi, xiroj yer soligʻini toʻlash sharti bilan Uboda aholiga oʻz uylariga qaytishga ruxsat berdi.

Uboda Loziqiyani deyarli vayrongarchiliklarsiz oʻz holicha saqlab qoldi, shaharda yangi masjidlar qurilishiga boshchilik qildi. Xalifalik qonunlarini joriy etish maqsadida shaharda qolib faoliyat olib bordi. Uboda Loziqiyada Jome al-Bozor masjidini qurdirdi. Shuningdek, shaharning yunon-rumcha nomi Laodiceani al-Loziqiya deb oʻzgartirdi (in Arabic).

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Abu Ubayda ibn al-Jarrohning janglari Turkum:Loziqiya Turkum:636 Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar