Zuhra Rasex Kashanion (1969-yil 7-fevral – 2025-yil mart) – afgʻon shifokori, ayollar huquqlari faoli va yozuvchi. „Tolibonning ayollarga qarshi urushi: Afgʻonistonda sogʻliqni saqlash va inson huquqlari inqirozi“ hisoboti hammuallifi. Global Watch Group (GWG), Inson huquqlari uchun shifokorlar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan.
Hayoti Zuhra Rasex 1969-yil 7-fevralda Afgʻonistonning Kobul shahrida tugʻilgan. 16 yoshida Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtgan. Rasex AQShning Vashington shahridagi George Vashington universitetida jamoat salomatligi boʻyicha taʼlim olgan. 2006-yilda Harvard universitetini Ayollar va xavfsizlik yoʻnalishi boʻyicha sertifikat bilan tamomlagan.
Rasex Bostonda joylashgan Inson huquqlari shifokorlari (PHR) tashkilotida sogʻliq boʻyicha katta tadqiqotchi boʻlib faoliyat olib borgan. 1998 va 1999-yillarda Afgʻoniston hamda qoʻshni Pokistondagi qochqinlar lagerlarida deyarli 200 nafar afgʻon ayollar bilan suhbatlashib, 2 oy oʻsha yerda vaqt oʻtkazgach, Rasex hammualliflikda „Tolibonning ayollarga qarshi urushi: Afgʻonistonda sogʻliqni saqlash va inson huquqlari inqirozi“ hisobotini yozgan. Tadqiqot safari davomida u „jamoat joyida bilaklari ochilib qolganligi uchun qoʻlida metall kabel ushlagan yosh yigit tomonidan quvib solingan“. Rasex oʻz ishida Tolibon hukmronligi ostida yashayotgan ayollarga qarshi kamsituvchi siyosatlar mavjudligini aniqlagan. Masalan, ulardan uy tashqarisida doimo burqa kiyib yurish talab qilingan, shuningdek, ayollarning 95 foizi Tolibonning ayollarga oid siyosatini yomon koʻrishini taʼkidlagan. U Pokistondagi lagerlarda yashayotgan ayollarda depressiya, majburan koʻchish bilan bogʻliq qiyinchiliklar va shu bilan bogʻliq salomatlik boʻyicha muammolar darajasi yuqori ekanini xabar qilgan.
2002-yilda Rasex „Women for Afghan women: Shattering myths and claiming the future“ () kitobining yozilishiga hissa qoʻshgan. Shuningdek, u Lorraine Sheinbergning „Shroud of Silence: Gender Apartheid in Afghanistan“ () hujjatli filmining ilk ommaviy namoyishida ham qatnashgan.
Tolibon rejimi qulagach, 2003-yilda Rasex Afgʻonistonning tashqi ishlar vaziri tomonidan Afgʻonistonda gender masalalari, sogʻliqni saqlash va inson huquqlari muammolari boʻyicha idora direktori lavozimida ishga taklif qilingan. Rasex, shuningdek, notijorat Global Watch Group (GWG) tashkilotining prezidenti va bosh ijrochi direktori (CEO) vazifalarini bajargan. „Aid Afghanistan for Education“ tashkilotiga raislik qilgan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ning Ayollarga nisbatan kamsitishning barcha shakllarini bartaraf etish qoʻmitasi (CDEAW) rais oʻrinbosari etib saylangan.
Rasex 2025-yil mart oyida vafot etgan.
Manbalar
{DEFAULTSORT:Rasekh, Zohra}} Turkum:1969-yilda tugʻilganlar Turkum:2025-yilda vafot etganlar Turkum:Kobullik yozuvchilar Turkum:Afgʻon shifokorlar Turkum:Afgʻoniston ayol shifokorlari Turkum:Afgʻon ayol yozuvchilar Turkum:Afgʻon ayollar huquqlari faollari Turkum:George Washington universiteti bitiruvchilari Turkum:Harvard universiteti bitiruvchilari